Isoxontoʻra jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan. Masjid 2000-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 2001-yil 1-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2023-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Guliston tumani Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar