Muhammadqodir Abduvohid oʻgʻli Hamraliyev (6-iyul 2001-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Toshkentning Paxtakor klubi va Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi.
Futbolchilik faoliyati Muhammadqodir Paxtakor klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisblanadi. Professional futboldagi faoliyati 2020-yilda Samarqandning Dinamo klubi tarkibida, Oʻzbekiston Pro ligasi musoboqasi oʻyinlarida boshlagan. Dastlabki mavsumidayoq jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi va 11 ta oʻyinda 2 ta gol muallifiga aylandi. Navbatdagi mavsumida Samarqand jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan va klub tarkibida 22 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan va Dinamo klubining Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrinni egallashida katta xizmat qilgan. 2022-yilig mavsum oldidan Toshkentning Olimpik jamoasiga ijaraga berilgan. Olimpik klubi tarkibida himoyachi boʻlishiga qaramay oʻzining toʻpurarlik mahorati bilan ham ajralib turgan va 25 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan. Mavsum yakunida Toshkentning boshqa bir jamoasi, 2022-yilgi Oʻzbekiston Superligasi chempioni Paxtakor klubining skautlari qiziqishlar doirasiga tushgan. 2023-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Dastlabki mavsumidayoq „Paxtakor“ klubining asosiy himoyachilaridan biriga aylangan futbolchi, Mavum yakunida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻldi. 2026-yil 10-iyul kuni Navbahor klubiga oʻtgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2021-yildan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʼzosi. Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida 2023-yilda Xitoyda oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol musoboqasida bronza medal sohibi boʻlgan. Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 2023-yil 25-dekabrda Srečko Katanec murabbiyligida Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Oʻzbekiston terma jamoasiYilIshtGol202310Jami10
Yutuqlar
Terma jamoa Oʻzbekiston U23 Osiyo oʻyinlari 2022 bronza medal sohibi: 2023
Klub Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2023 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2025
Manbalar
Havolalar
Muhammadqodir Hamroliyev OʻzPFL saytida Muhammadqodir Hamroliyev Transfermarkt saytida
Turkum:6-iyulda tugʻilganlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar