thumb|left|Minor koʻrinishi Testur katta masjidi () Tunisning Beja gubernatorligidagi Testur shahrida joylashgan masjiddir. U poytaxt Tunisdan 76 km uzoqlikda, eski shaharning markazida joylashgan. Bu Andalusiya meʼmorchiligini, ayniqsa uning minorasini oʻzida mujassam etgan, unda Andalusiya uslubida yozilgan yozuvlar va meʼmoriy elementlar mavjud. Minoraning balandligi 23 metr boʻlib, sakkiz burchakli shaklda qurilgan. Minoraning fasadi sirlangan yozuvlar bilan bezatilgan kichik qoʻsh derazalarga va tepasida mexanik soatga ega. Uning tashqi koʻrinishi Ispaniya janubidagi Aragon qoʻngʻiroq minoralariga oʻxshab ketadi. Namoz zali masjid markazida joylashgan sahndan tashqari 1000 nafargacha namozxonni sigʻdira oladi. Masjiddagi mehrob qurilishida rangli chinni va koshinlardan tashqari ohaktosh, ispan qumi va marmar ishlatilgan. Masjid 1631-yilda qurib bitkazilgan. Qurlishga 1609-yilda Testurda istiqomat qilgan Andalusiyalik muhojir Muhammad Tigharinu homiylik qilgan.

Yana qarang Tunisdagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Tunisdagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:17-asr masjidlari Turkum:Buyuk masjidlar