Tinibek (Tinibek, Dinibek) – Oltin oʻrda xoni (1341—1342). Oʻzbekxonning toʻngʻich oʻgʻli (aslida ikkinchi oʻgʻli, 1330-yilda Oʻzbekxonning birinchi oʻgʻli Temurbek vafotidan keyin toʻngʻichi deb ataladigan boʻlgan). Onasi Taydu la Xotun (Taydula), sulolasi esa Chingiziylar (Jo'ji avlodlari) bo'lib, Islom diniga e'tiqod qilgan. Hukumronlik markazi esa Saroy shahri hisoblangan. Tinibek O'zbekxonning vorisi sifatida tayyorlangan. Ibn Battuta ma'lumotlariga ko'ra, u otasining eng sevimli o'g'illaridan biri bo'lgan.
Oʻzbekxonning kavkazortidagi yurishlarida qatnashgan. Otasi vafot etgach Tinibek Chigʻatoy ulusiga qarshi yuborilgan qoʻshinlarga boshchilik qilib ketgan. Tinibekning yoʻqligidan foydalanib hukmronlik qilgan Jonibek akasining qaytib kelganidan xabar topib, Taidula bilan til biriktirgan. Tinibek Saroychiqda sotqin amirlar tomonidan oʻldirilgan.
U haqidagi asarlar. Tinibek D. M. Balashovning „Magʻrur Simeon“ tarixiy romani qahramonlaridan biridir. Shu bilan birga „Oʻrda“ filmida Tinibek rolini Andrey Panin oʻynagan.
Turkum:Oltin Oʻrda hukmdorlari