Adaptiv kutilmalar – kishilarning kelajakdagi kutilmalarining oʻtgan davrda sodir boʻlgan hodisalar asosida shakllanishi. Masalan, kelajakda sodir boʻluvchi inflyatsiya darajasining oʻtgan yillardagi inflyatsiya darajasiga koʻra hisoblanishi. Agar oʻtgan yili inflyatsiya darajasi oshgan boʻlsa, joriy yildagi inflyatsiya darajasi yanada yuqoriroq boʻladi.
Qoʻllanilishi Mikroiqtisodiy darajada Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqaruvchilarning oʻtgan davrdagi parametrlarga (masalan, narxga) asoslanib xulosa qilishi bozorda taqchillik yoki tovarning kerakli miqdordan ortib ketishiga olib keladi. Ushbu oʻzgarishlar toʻrsimon modelda aks etadi.
Makroiqtisodiy darajada
Adaptiv kutilmalar makroiqtisodiy darajada asosan Fillips egri chizigʻi misolida oʻrganiladi. Unga koʻra, ishsizlikni pasaytirish maqsadida iqtisodiyotni stimullashtirish har doim ham natija koʻrsatmaydi. Yaʼni, amalga oshirilayotgan oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda iqtisodiy agentlarning inflyatsion kutilmalar darajasi ortadi. Oqibatda ishsizlik darajasi oʻzgarmagan holatda, inflyatsiya darajasi ortadi. Aynan adaptiv kutilmalar sababli, Richard Nixon yuritgan iqtisodiy siyosat samarasiz boʻlgani haqida fikrlar ham mavjud.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Iqtisodiyot