„Friends, Lovers, and the Big Terrible Thing“ () – kanadalik-amerikalik aktyor Matthew Perry qalamiga mansub memuar. Asar „Macmillan Publishers“ (Buyuk Britaniyada esa „Headline“) tomonidan 2022-yilning 1-noyabrida, Perryning oʻlimidan bir yil oldin sotuvga chiqqan. Asarda Perry oʻnlab yil davomida alkogolizm va addiskiyaga qarshi olib borgan kurashi haqida hikoya qiladi. Shuningdek, asarda Perryning shaxsiy hayoti, jumladan, ishqiy munosabatlari hamda „Friends“ teleserialini olish davridagi hayoti haqida soʻz boradi. Kitob raqamli hamda yumshoq va qattiq jildli formatlarda eʼlon qilindi. Audiokitob versiyasini esa Perryining oʻzi oʻqib eshittirgan.

„Friends, Lovers, and the Big Terrible Thing“ eʼlon qilinganidan kein koʻp oʻtmay „Amazon“ hamda „The New York Times“ roʻyxatlarida bestselellerga aylandi. Umuman olganda, asar tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi, ammo ayrimlar kitob bir oz zerikarli va qarama-qarshiliklardan xolis emasligii aytib, uni tanqid qildi.

Manbalar

Havolalar „Macmillan Publishers“ saytidagi sahifa

Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar Turkum:Avtobiografiya kitoblar