Pusur Oqsoqol jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati Pusur Oqsoqol jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Navbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini 16-uyda joylashgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.80 gektar joyda 800 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Eski bino esa 300 kishiga moʻljallangan edi va namozxonlar uchun noqulay boʻlgan. Mazkur masjidga Navbahor qishloq fuqarolar yigʻini, Dehqonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvat mahalla fuqarolar yigʻini, Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yigʻini, Goʻzal mahalla fuqarolar yigʻini, Boyovut mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi niyat mahalla fuqarolar yigʻini, Xusayn Boyqaro mahalla fuqarolar yigʻini, Birlashgan mahalla fuqarolar yigʻini, Bodomzor mahalla fuqarolar yigʻini, Uvaysiy mahalla fuqarolar yigʻini, Soxil boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Baxodir domla Usmonov hisoblanadi.

Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2001-yil 15-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid binosi bir necha yillar muqaddam qaytadan bunyod etilgan.

Manbalar