Valeriy Valeryevich Zuganov (1955-yil 31-iyul, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl) – sovet va rus biologi (zoologi), biologiya fanlari doktori. Shogirdi professor V. V. Xlebovich (Rossiya Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti) va Y. A. Labasa (A. N. Severtsov RAS nomidagi Ekologiya va evolyutsiya muammolari instituti).
Biografiyasi Valeriy Valeryevich 1955-yil 31-iyul, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida tavallud topgan. 1977-yilda Moskva davlat universitetining biologiya fakultetini tamomlagan.
Valeriy 1977-yildan SSSR Fanlar akademiyasining N. K. Koltsov nomidagi Rivojlanish biologiyasi institutida ilmiy amaliyotchi boʻlib ishlagan (Moskva).
Zuganov 1980-yilda biologiya fanlari nomzodi boʻlgan. U Moskva davlat universitetida „Gasterosteus aculeatus sensu lato kompleksida morfogenez mexanizmlari“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. SSSR Fanlar akademiyasining N. K. Koltsova nomidagi Rivojlanish biologiyasi institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, kichik ilmiy xodim lavozimini egallagan.
Zuganov 1985-yildan SSSR Fanlar akademiyasining N. K. Koltsov nomidagi Rivojlanish biologiyasi instituti ilmiy xodimi boʻlgan.
1989-yilda unga yetakchi ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan.
Valeriy 1994-yilda biologiya fanlari doktori boʻlgan. U Sankt-Peterburg davlat universitetida (Sankt-Peterburg) ixtiologiya ixtisosligi boʻyicha „Dunyoning tirgak oilasi (Gasterosteidae)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini (ilmiy maʼruza shaklida) himoya qilgan.
Fan doktori Zuganov 1994-yildan SSSR Fanlar akademiyasining N. K. Koltsov nomidagi Rivojlanish biologiyasi institutida biotizimlar ekologiyasi va evolyutsiyasi laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan (Moskva). 2005-yildan ekologiya va biotizimlar evolyutsiyasi guruhiga rahbarlik qilgan.
Ilmiy yutuqlari Valeriy 1980-yillarning oxiri 1990-yillarning boshlarida „marvarid-lasos“ simbiozi tushunchasini ishlab chiqqan.
1990-yillarda Zyuganov va uning hammualliflari SSSR Qizil kitobiga kiritilgan noyob va yoʻqolib borayotgan daryo mollyuskalari, marvarid-midiya turlarini koʻpaytirish uchun bir qator biotexnologiyalarni ishlab chiqdilar.
Zuganov 1990-yillarda „marvarid-lasos“ simbiozi konseptsiyasini ishlab chiqish doirasida uy egasining umrini uzaytiruvchi parazit gipotezasini ilgari surgan. Bu gipoteza bir qator mashhur tadqiqotchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan[. G. Bauer and K. Wachtler (eds.) Ecology and Evolution Biology of the Freshwater Mussels Unionoidea. Springer – Verlag Berlin Heidelberg P. 359—366.][. G. Bauer and K. Wachtler (eds.) Ecology and Evolution Biology of the Freshwater Mussels Unionoidea. Springer – Verlag Berlin Heidelberg P. 359—366.].
Manbalar
Turkum:Biologiya fanlari doktorlari Turkum:Yangiyoʻlda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1955-yilda tugʻilganlar Turkum:31-iyulda tugʻilganlar