Salimiya masjidi (Salim II masjidi, ) – Turkiyaning Konya shahrida joylashgan XVI asga oid Usmonli masjidi.

Manzili thumb|300x300px|Keyinchalik qurilgan oʻng tarafdagi masjidga biriktirilgan gumbazli kutubxona binosi Masjid Konyaning Karatay oʻrta munitsipalitetida joylashgan. Bino shaharning biznes markazida , Aziziye masjidining sharqiy qismida, fors soʻfiy tasavvuf vakili mavlono Jaloliddin Rumiy (hozirgi Mavlono muzeyi) ziyoratgohi majmuasi yonida qurilgan.

Tarixi Masjid 1558-yilda Salim II tomonidan shahzodalik davrida sanjak hokimi vazifasida xizmat qilgan vaqtida foydalanishga topshirilgan. Masjid mamlakatda Xoʻja Sinon bosh meʼmor boʻlib turgan vaqtda qurilgan boʻlsa-da, meʼmorning tarjimai hollarida ushbu bino qayd etilmagan. Sinon qoʻlyozmlarida Konyada bunyod ettirilgan hospisning taʼmirlanishinigina sanab oʻtgan. Qurilish ishlari 1570-yilda Salim II mamlakat sultoni boʻlganidan keyin yakunlangan. Keyinchalik, Salimiya masjidi 1685, 1816 va 1914-yillarda uch marta taʼmirlanganKonya Tourism page .

Arxitekturasi Ikki minorali masjid XVI asrga oid Usmonli masjidi boʻlib, Istanbuldagi Fotih masjidiga oʻxshab qurilgan. Namozxona katta gumbaz bilan qoplangan. Ayvon ustida yettita kichik gumbazlar bor. Mehrob koʻk marmardan, minbar oq marmardan bunyod etilganKonya Tourism page .

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Selimiye masjidi, Koniya , Archnet

Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Konyadagi masjidlar Turkum:Konyadagi Usmoniylar masjidi Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar