Vasiliy Maksimovich Xarlamov (1909-yil 1-yanvar, Krasnoyarsk – 1986-yil23-mart) – Sovet harbiy dengiz aviatsiyasining uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1940-yil 7-fevral) va mayor (1943-yil 24-sentyabrKudryavseva L., Lure V. Morskie lyotchiki – Geroi Sovetskogo Soyuza. Xarlamov Vasiliy Maksimovich. // Морской сборник. – 2009. – № 5. – S. 83—84.).

Hayoti Vasiliy Xarlamov 1909-yil 1-yanvarda Krasnoyarskda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati – rus. Toshkent shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan.

1930-yilning iyun oyidan Kushka qal’asida joylashgan Qizil Armiyaning 4-togʻli otishmalar polkida vzvod komandiri boʻlib xizmat qilgan. Uning tarkibida Oʻrta Osiyodagi bosmachilarni yoʻq qilish boʻyicha harbiy harakatlarda qatnashgan. 1931-yilning may oyidan boshlab Qizil Armiya Harbiy havo kuchlarining Uzoq Sharqdagi 16-aviatsiya brigadasida bort muhandisi stajyori sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. 1931-yil sentyabr oyida Xarlamov oʻqishga kirib, 1932-yilning may oyida Orenburgdagi 3-kuzatuvchi uchuvchilar harbiy maktabini tugatadiKudryavseva L., Lure V. Morskie lyotchiki – Geroi Sovetskogo Soyuza. Xarlamov Vasiliy Maksimovich. // Морской сборник. – 2009. – № 5. – S. 83—84..

1932-yil iyun oyidan 1933-yil may oyigacha 68-alohida daryo aviatsiya eskadronida kichik uchuvchi-kuzatuvchi boʻlib xizmat qilgan. Keyin 1933-yilda Parashyut instruktorlari malakasini oshirish kursini tamomlab, 1933-yil iyun oyida Uzoq Sharqdagi 12-alohida dengiz eskadronida kichik uchuvchi-kuzatuvchi – parashyutchi etib tayinlanadi. 1937-yil oktyabrdan 16-dengiz razvedka aviatsiyasi eskadronida shturman, 1938-yil apreldan boshlab Uzoq Sharqdagi 12-yengil bombardimonchi aviatsiya eskadronida shturman boʻlgan. 1938-yildan VKP(b) aʼzosiKudryavseva L., Lure V. Morskie lyotchiki – Geroi Sovetskogo Soyuza. Xarlamov Vasiliy Maksimovich. // Морской сборник. – 2009. – № 5. – S. 83—84..

Katta leytenant Vasiliy Xarlamovga SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 7-fevraldagi farmoni bilan qoʻmondonlik topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Shuningdek, Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlanganUkaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O prisvoenii zvaniya Geroy Sovetskogo Soyuza mladshemu komandiru Belogurovu A. I., leytenantu Pinchuk G. S. i starshemu leytenantu Xarlamovu V. M.“ // Pravda. – 1940, 8 fevralya. – S. 1. .

Vasiliy Xarlamov Leningrad shahrida yashagan. 1986-yilning 23-martida vafot etgan. Sankt-Peterburgda Shimoliy qabristonga dafn etilganFedorov M. R. Morskoy nekropol Peterburga. – SPb., 2003. – S. 245..

Mukofotlari

Sovet Ittifoqi Qahramoni (02.07.1940) Lenin ordeni (02.07.1940) Ikkita Qizil Bayroq ordeni (05.10.1942, 11.6.1947) 1-darajali Vatan urushi ordeni (03.11.1985) Qizil Yulduz ordeni (3.11.1944) Bir qator SSSR medallari.

Manbalar

Adabiyotlar

Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1988. – T. 2 /Lyubov – Yaщuk/. – 863 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-203-00536-2. Varganov Yu. V. Xarlamov Vasiliy Maksimovich // Otchizni vernie sini. Vipuskniki i prepodavateli Voenno-morskoy akademii – Geroi Sovetskogo Soyuza, Geroi Sotsialisticheskogo Truda i Geroi Rossiyskoy Federatsii. Biograficheskiy spravochnik. – SPb.: NPP „Sistema“, 2007. – 468 s. – 990 ekz. Geroi Sovetskogo Soyuza Voenno-Morskogo Flota. 1937—1945. – M.: Voenizdat, 1977. – S. 438. Plessov K. M. Lyudi visokogo podviga. – M., 1962. – S. 22-24. Slovar biograficheskiy morskoy. – SPb., 2000. – S. 402.

Havolalar

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:Sankt-Peterburgda vafot etganlar Turkum:1986-yilda vafot etganlar Turkum:23-martda vafot etganlar Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar