An Sen Nam (1912-yil 7-iyul, Shimoliy Hamgyong viloyati, Koreya – 1997-yil 8-yanvar) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Budyonniy kolxozi agronomi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949).
Hayoti An Sen Nam 1912-yilda Koreyaning Shimoliy Hamgyong viloyatida dehqon oilasida tugʻilgan (sovet hujjatlarida – 1914-yilda Primorsk viloyati Xabarovsk tumani Samir qishlogʻida tugʻilganГерман Ким, Герой Социалистического Труда Ан Сен Нам). 1928-yildan Xabarovsk viloyatining Samir qishlogʻidagi „Krasniy Vostok“ kolxozida agronom, traktorchi, omborchi boʻlib ishlagan. 1935-yilda oʻrta maktabni tugatgan.
1937-yilda Shimoliy Qozogʻiston viloyatiga surgun qilingan. Petropavlovsk viloyatidagi „Krasniy Vostok“ kolxozida hisobchi, brigadir boʻlib ishlagan (1937—1944). 1940-yilda KPSS(b) safiga qoʻshildi. 1944-yilda Toshkent viloyatiga koʻchib oʻtib, Quyi Chirchiq tumani Budyonniy nomidagi kolxozda brigadir, agronom boʻlib ishlagan (1944—1953).
1948-yilda ilgʻor agrotexnika usullarini qoʻllanishi natijasida Budyonniy kolxozidagi 40 gektar maydondan oʻrtacha 82 sentnerdan sholi yigʻib olindi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949-yil 18-maydagi farmoni bilan u Lenin ordeni va "Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1953-yildan Toshkentdagi kolxoz raislarini tayyorlash boʻyicha oʻrta qishloq xoʻjaligi bilim yurtida oʻqigan, soʻngra Quyi Chirchiq viloyatidagi Budyonniy kolxozida agronom boʻlib ishlagan. 1958-yilda shu kolxozga rais etib tayinlandi. 1960-yildan Quyi Chirchiq tumanidagi Lenin nomidagi kolxoz agronomi, 1962-1990-yillarda Oqqoʻrgʻon tumanidagi „Zarya komunizma“ kolxozida katta agronom boʻlgan.
Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan.
1970-yillarda xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashiga deputat etib saylangan.
1997-yil iyun oyida vafot etdi. U Quyirchiq tumanidagi „Guliston“ (sobiq „Kommunizm tong“ kolxozi) kolxozi qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni Oktyabr inqilobi ordeni (1978) Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1972)
Adabiyotlar Музалевский М. В. Герои Социалистического Труда. Биобиблиографический словарь. — М.: РИЦ «Кавалер», 2008. — Т. 2. — 200 с. Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992 Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Manbalar
Turkum:“Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:8-yanvarda vafot etganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyulda tugʻilganlar