Rum Mehmed posho masjidi () – Turkiyaning Istanbul shahridagi katta va aholi zich joylashgan Üsküdar () tumanida joylashgan eski Usmonli masjidi.
Rum Mehmed posho masjidi Bosfor boʻgʻozi qirgʻogʻiga va Üsküdar tumanida joylashgan Şemsi posho, Yeni Valide va Mihrimah Sulton tarixiy masjidlariga yaqin hududda joylashgan. Yodgorlik Sharqiy Rim imperiyasining bosib olinishi va qulashi ortidan Usmonli imperiyasi davrida Osiyoda (Anadolu) qurilgan ilk masjid hisoblanadi.
Tarixi Masjid 1471-yilda asli yunon millatiga mansub boʻlgan vazir Rum Mehmed Posho uchun qurilgan. Masjidni qurishda tosh va gʻishtdan foydalanilgan boʻlib, yodgorlik Usmonli va Vizantiya meʼmoriy elementlarni oʻzida mujassam etgan.
Rum Mehmed posho masjidi 1953-yilda qayta tiklangan.
Galereya
Yana qarang
Islom arxitekturasi
Manbalar
Adabiyotlar
Rum Mehmed Pasha Mosque at ArchNet.org
Havolalar
Images of Rum Mehmed Pasha Mosque Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar Turkum:Turkiyadagi minorali masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar