Sancaktar Hayrettin masjidi (, shuningdek, Sancaktar Hayrettin Mescidi) – Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav monastirining bir qismi. Dastlab Gastriya monastiri (; Monē tōn Gastríōn) deb nomlangan ushbu kichik bino Vizantiya imperiyasiga tegishli boʻlgan deb ishoniladi. Yodgorlik Konstantinopoldagi paleologlar arxitekturasining kichik namunalaridan biri hisoblanib, muhim tarixiy ahamiyatga ega.right|thumb|300x300px| Masjidning 1870-yillardagi koʻrinishi
Manzili Sancakter Hayrettin masjidi atrofi hunarmand doʻkonlari bian oʻralgan boʻlib, Istanbul shahri, Fotih tumani, Kocamustafapaşa mahallasi (tarixiy Samatya), Teberdar Sokakning Sirkeci va Halkali hududi oʻrtasida joylashgan shahar tashqarisidan oʻtuvchi Kocamustafapaşa temir yoʻl stansiyasidan taxminan besh yuz metr shimolda joylashgan.
Tarixi Konstantinopolning yettinchi tepaligi janubiy yonbagʻrida joylashgan, Marmar dengiziga tomonga qaragan bu binoning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq dalillar mavjud emas. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, 325-yilda Konstantin I ning onasi Yelena Quddusdan Haqiqiy xoch bilan qaytayotganda, shaharga kirish uchun Psomatheou portidan oʻtgan va bu yerga xushboʻy oʻtlar yigʻilgan bir nechta vazalarni („Gastria“) joylashtirgan. Oradan bir qancha vaqt oʻtib, Yelena bu hududda ayollar monastiriga ham asos solganJanin (1953), p. 72.. Shu sababdan ham ushbu monastir keyinchalik „Gastria“ deb nomlangan. Biroq tarixiy manbalarga koʻra IV asrning oxirgi choragiga qadar Konstantinopolda hech qanday monastir tashkil etilmagan, shuning uchun ham binoning kelib chiqishi haqidagi bu soʻzlarga shunchaki afsona sifatida qaraladi.
Gastria monastiri rohibalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilk marotaba IX asrning boshlarida tilga olinganMüller-Wiener (1977), p. 194.. Oʻsha paytda imperator Theodoraning onasi Theoktiste (imperator Theophilosning rafiqasi)Mamboury (1953), p. 257. Psamathia kvartalida Patrician Niketasdan (ehtimol Avliyo Nicetas Patrisician) uy sotib olgan va u yerda ayollar monastirini tashkil qilgan. Ktētorissa (asoschi) unvoni ushbu mulk bilan birgalikda uning qizi Theodoraga meros boʻlib oʻtgan. X asrda hukmronlik qilgan Konstantin VII Porphyrogennetos oʻzining „De Ceremoniis“ kitobida monastirlar cherkovi Theodoraning oila aʼzolari uchun maqbara vazifasini bajarganligini yozgan. U yerda imperator, ukasi Petronas, onasi va uning uchta qizi dafn etilganAccording to Constantine VII, the mandible of Bardas was also kept in a marble casket in the church. Janin (1953), p. 73..
1453-yilgacha Gastria monastiri haqidagi soʻnggi maʼlumotlar XV asrning ikkinchi choragida shaharga tashrif buyurgan rus ziyoratchisi tomonidan tilga olingan.
Konstantinopol qulaganidan koʻp oʻtmay, Sulton Mehmed II Fotihning Sancaktari (bayroq koʻtaruvchi) Hayrettin Afandi binoni masjidga aylantirgan. Hayrettin Afandining oʻzi ham vafotidan keyin oʻsha yerga dafn etilganMüller-Wiener (1977), p. 194..
1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzilasi natijasida masjid qisman vayron boʻlgan. Keyinchalik, 1973—1976-yillarga kelibgina bino qayta tiklangan.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar