Valentin Vladimirovich Ovechkin (1904-yil 22-iyun, Taganrog – 1968-yil 27-yanvar, Toshkent) – rus sovet nosiri va dramaturgi, jurnalist. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1941). Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Hayoti Valentin Vladimirovich Ovechkin 1904-yil 22-iyunda Taganrogda bank xodimi oilasida tugʻilgan. 1917-yilgacha u yerda maktabda oʻqigan, etikdoʻzning shogirdi boʻlib ishlagan«Горенка»: Российский информационный новостной портал. Калинина Елена. Рубрика: Известные куряне: Овечкин Валентин Владимирович . Keyin, 1920-yilgacha u Taganrog texnikumida oʻqidi, lekin oʻqishni oxirigacha tugatmadi. 1921-yilda qishloqda qarindoshlari bilan yashab, u yerda ishchi va etikdoʻzlik bilan shugʻullanishga majbur boʻldi. 1923-yildan oʻquv maktabida oʻqituvchi, keyin Taganrog viloyati, Yefremovka qishlogʻida tashkil etilgan oʻquv binosiga mudir boʻldi.

1924-yilda Ovechkin komsomolga qoʻshildi va komsomol yacheykasi kotibi etib saylandi. 1925-yilda Azov viloyatidagi birinchi qishloq xoʻjaligi kommunasining raisi etib saylandi. 1929-yildan KPSS(b) aʼzosi. 1931-yildan u partiya va kasaba uyushma ishida (qishloq partiya qoʻmitasi kotibidan Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi okrug qoʻmitasining tashkiliy boʻlimi mudiri va Kislovodsk shahar kasaba uyushmasi raisigacha) faol ishtirok etgan.

U ijodini XX asrning 20-yillari oʻrtalarida boshlagan. 1928—1929-yillarda „Krasnoe Znamya“ gazetasida ilk ishlarini chop ettirgan. 1934-yildan boshlab u professional jurnalist sifatida „Armavir kommunasi“, „Bolgʻa“, „Kolxoz haqiqati“ (Rostov-Don) va „Bolshevik“ (Krasnodar) gazetalari tahririyatlarida ishlagan, asosan qishloq va kolxoz qurilishi muammolari haqida yozgan.

„Savelyev“ nomli birinchi hikoyasi „Bednota“ gazetasida (1929) nashr etilgan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami 1935-yilda nashr etilgan. 1939-yildan V.Ovechkin ijodiy ishlarini Moskva jurnallarida nashr eta boshladi. 1941-yilda V. V. Ovechkin SSSR Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi.

Ulugʻ Vatan urushi boshida u kazak boʻlinmalariga qoʻshilgan, piyoda ofitser sifatida jang qilgan. Stalingraddan Ukrainagacha boʻlgan janglarda qatnashgan. Qrim fronti va 51-armiyaning armiya va front gazetalarida ishlagan. 1943-yil oktyabr oyida Qizil Armiya siyosiy boʻlimi buyrugʻi bilan V.V.Ovechkin ishdan boʻshatilib, Kievga „Pravda Ukrainy“ gazetasida ishlash uchun yuborildi.

1948-yilda u Kursk viloyatining viloyat markazi Lgov shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda dramaturg sifatida faoliyatini davom ettirdi. U 1963-yilda Toshkentga koʻchib oʻtadi«Коммуна» — Информационный портал Центрального-Черноземья. «К столетию со дня рождения Валентина Овечкина»«Литературная Россия» Самоубийство со второй попытки. Keyinchalik u Toshkentdan Rossiyaga qaytmoqchi boʻlgan, ammo moliyaviy muammolar va yurak xuruji bu rejalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan. Valentin Vladimirovich 1968-yil 27-yanvarda Toshkentda vafot etdi va shahardagi Botkin qabristoniga dafn qilindi.

Ijodi

Kitoblar Колхозные рассказы, 1935 Рассказы, 1939 Прасковья Максимовна Бондаренко, 1939 Степной дорогой и др. рассказы, 1941 Степной дорогой, 1942 Прасковья Максимовна, 1941 С фронтовым приветом, 1946; 1947; 1949; 1972; 1973 Прасковья Максимовна, 1947 Гости в Стукачах, 1946; 1947; 1948; 1953; 1972; 1978 Слепой машинист: Рассказ. Курск, 1949. — 32 с. Настя Колосова, 1950; 1951 Хозяева жизни, 1950 На переднем крае, 1953; 1954 В том же районе, 1954 Очерки о колхозной жизни, 1953, 2-е изд. — 1954 Районные будни, 1953; 1954; 1955; 1956; 1957; 1980; 1984; 1987 Трудная весна, 1956; 1957; 1983 Настя Колосова: Пьеса в 3 д., 4 карт.: Новая ред., 1959 Навстречу ветру: Пьеса в 3 д., 6 карт., 1959 Летние дожди: Пьеса в 3 д., 9 карт., 1960 Упрямый хутор, 1960

Mukofotlari Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1954) Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1964) 4 ta medal

Xotirasi Kurskdagi koʻchalardan biriga nomi berilgan. 1972-yildan beri Kurskda har yili V.Ovechkin nomidagi jurnalistlar tanlovi oʻtkazib kelinmoqda.

Adabiyotlar Писатели Советского Дона: Био-библиогр. справочник. Вып. 1 и 2 / [Сост.: Д. И. Руманова, Д. К. Жак и др.]. — Ростов н/Д.: Тип. изд-ва «Молот», 1948. — С. 69—71. — 112 с. — (Рост. гос. науч. б-ка им. К. Маркса). — 2500 экз. Лиля Шарифовна Вильчек : Валентин Овечкин. Жизнь и творчество. — М. изд. Художественная литература, 1977, 182 стр. тираж 10000 Воспоминания о В.Овечкине. Сборник. М. изд. Советский писатель, 1982, 336 стр. тираж 30000

Manbalar

Havolalar Овечкин, Валентин Владимирович. Российская государственная библиотека Энциклопедия «Кругосвет». Овечкин, Валентин Владимирович Художница Юлия Амаги: «За что я люблю Валентина Овечкина?» Газета «Армавирский собеседник» Произведения В.В. Овечкина на сайте города Льгова»

Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari