Al-Fateh masjidi (shuningdek, al-Fateh islom markazi va al-Fateh katta masjidi nomi bilan ham tanilgan) (; Transliteratsiya qilingan: Masjid al-Fatih) dunyodagi eng katta masjidlardan biri boʻlib, 6500 kvadrat metr maydonni egallagan va bir vaqtda 7000 dan ortiq namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Masjid marhum Shayx Iso bin Salmon al-Xalifa tomonidan 1987-yilda qurilgan va Ahmad al-Fateh nomi bilan atalgan. 2006-yilda bu joy Bahrayn Milliy kutubxonasiga aylantirildi.
Tavsifi Masjid Bahrayndagi eng katta namoz oʻqiladigan joy boʻlgan. U Manama shahriga qoʻshni boʻlgan Juffair shahridagi al-Fateh avtomagistrali boʻyida joylashgan. Al-Fateh masjidi tepasida qurilgan ulkan gumbaz butunlay shisha tolali xomashyodan qurilgan. Ogʻirligi 60 tonnadan ortiq boʻlgan gumbaz dunyodagi eng katta shisha tolali gumbaz hisoblanadi. Qavatlarda ishlatiladigan marmar Italiyadan, qandil esa Avstriyadan keltirilgan. Eshiklar Hindistonda oʻsadigan teak daraxtining yogʻochidan tayyorlangan. Masjid devorlari kufiy xattotligi yozuvlari bilan bezaklangan.
Kutubxonasi Ahmad al-Fateh islom markazi kutubxonasida 7000 ga yaqin kitoblar mavjud boʻlib, ularning baʼzilari 100 yillik va undan ham eskiroqdir. Bularga Muhammad paygʻambarning taʼlimotlari kitoblarining nusxalari yoki hadis kitoblari, Global Arab ensiklopediyasi, Islom huquqshunosligi ensiklopediyasi, Al-Azhar jurnallari kiradi. Shuningdek, kutubxonada koʻplab davriy nashrlar va jurnallarning koʻplab sonlari mavjud.
Turizm Masjid ibodat qilinadigan joy boʻlishidan tashqari, Bahraynning asosiy sayyohlik maskanlaridan biri hisoblanadi. U soat 9:00 dan 16:00 gacha ochiq boʻladi hamda bu yerda amalga oshiriladigan sayohatlar turli tillarda, jumladan, ingliz, fransuz, filippin, rus va boshqa koʻplab dunyo tillarda olib boriladi. Masjid juma kunlari tashrif buyuruvchi nomozxonlar va sayyohlar uchun ochiqdir.
Galereya
Yana qarang
Bahrayndagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Al-Fateh islom markazining rasmiy sayti Turkum:Manamadagi turistik diqqatga sazovor joylar Turkum:Manamadagi binolar va inshootlar Turkum:Manamadagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Katta masjidlar Turkum:Sunniy masjidlari Turkum:Gumbazli masjidlar