Carl Eduard Sachau (1845-yil 20-iyul, Neumünster, Germaniya – 1930-yil 17-sentyabr, Berlin, Germaniya) – nemis sharqshunosi. U Jozef Horovitz va Eugen Mittwochlarning ustozi hisoblanadi.

Hayoti U Kiel va Leyptsig universitetlarida sharq tillarini oʻrgangan, 1867-yilda Halleda fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. Sachau som tillari filologiyasining professori (1869-yil) va Vena universitetining professori (1872-yil), 1876-yilda esa Berlin universitetida professori boʻldi, u yerda Sharq tillari yangi kafedrasining direktori etib tayinlangan (1887-yil).

Sachau bir necha marta Yaqin Sharqqa sayohat qilgan va suryoniy va boshqa oromiy tillari boʻyicha ishi bilan mashhur boʻlgan. U katta ensklopedistlardan biri boʻlgan Al-Beruniy hayoti boʻyicha mutaxassis boʻlgan va Al-Beruniyning Hindiston haqidagi qomusiy asari Kitob taʼrix al-Hind (Hindiston asari) tarjimasini yozgan. Shuningdek Sachauning Xorazm haqidagi Zur Geschichte und Chronologie von Khwârizm asari oʻrta asrlardagi Xorazm tarixini yoritib bergan Custers, Martin H. (2016). Al-Ibāḍiyya: A Bibliography. Vol. 3 (Second revised and enlarged ed.). Hildesheim-London-N. Y.: Olms Publishing. pp. 591–592..

Kielda talaba boʻlganida, u Teutonia Kiel birodarligining aʼzosi boʻlgan (1864-yil). U Vena va Prussiya Fanlar akademiyasining aʼzosi, Londondagi Qirollik Osiyo jamiyati va Amerika Sharq jamiyatining faxriy aʼzosi edi. Bagʻdod temir yoʻlini rejalashtirish va qurishda maslahatchi boʻlib ishlagan. Uning taniqli shogirdlari orasida Germaniyada zamonaviy islomshunoslik asoschisi Eugen Mittvoch ham bor edi.

U 1902-yil oktyabr oyida Bodleian kutubxonasining 300 yilligi munosabati bilan Oksford universitetida fanlar doktori faxriy unvonini olgan"University intelligence". The Times. No. 36893. London. 8 October 1902. p. 4..

Biblografiyasi Inedita Syriaca. Eine Sammlung syrischer Übersetzungen von Schriften griechischer Profanliteratur. 1870-yil

Zur Geschichte und Chronologie von Khwârizm. 1873-yil

Chronologie orientalischer Völker, 1878, English translation. Chronology of Ancient Nations. 1879-yil

Reise in Syrien und Mesopotamien. 1883-yil

Muhammedanisches Recht nach schafiitischer Lehre. 1897-yil

Am Euphrat und Tigris: Reisenotizen aus dem Winter 1897-1898. 1900-yil

„Three Aramaic Papyri from Elephantine, Egypt“ in Smithsonian Institution Annual Report.1907-yil

Alberuni’s India. An account of the religion, philosophy, literature, geography, chronology, astronomy, customs, laws and astrology of India about A. D. 1910-yil

Die Chronik von Arbela, ein Beitrag zur Kenntnis des ältesten Christentums im Orient. 1915-yil

Arabische Erzählungen aus der Zeit der Kalifen, Munchen: Hyperionverlag. 1920-yil

Manbalar

Havolalar

Author Eduard Sachau

Turkum:1845-yilda tugʻilganlar Turkum:1930-yilda vafot etganlar Turkum:Berlinda vafot etganlar Turkum:Sharqshunoslar Turkum:Fan doktorlari