Tuproqqal’a – Xorazm viloyati Shovot tumani Anbar-Manoq qishlogʻida joylashgan. Shovotdagi Tuproqqal’a 4 gektar maydonni egallagan. Gʻayratdin Xodjaniyozovning Qadimgi Xorazm inshootlari monografiyasida Xorazm vohasida Tuproqqal’a nomi bilan 7 ta manzilgoh bor deb yozadiQadimgi Xorazm mudofaa inshootlari" monografiyasida.(Toshkent.2007. Bular quydagilar; 1. Milodiy I-III asrlarga taalluqli boʻlib Ellikqal’a tumanida (Qoraqolpogʻiston);
2. Mill.avv IV-III asrlarga taalluqli Xorazm viloyati Shovot tumanida
3. Mill.avv IV-III asrlarga taalluqli Xiva tumanida;
4. Mill.avv IV-III asrlarga taalluqli Yangiariq tumanida;
5. Mill.avv IV-III asrlarga taalluqli Hazorasp tumanida;
6 va 7 mill.avv V-III asrlarga taalluqli Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida joylashgan.
Oʻrganilish tarixi 1999-2000 yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasining Tarix, arxeologiya va falsafa boʻlimining hodimlari Shovot tumanidagi Tuproqqal’a majmuasini oʻrandilar. Tadqiqotchilar Tuproqqal’aning paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi 3 bosqichdan iborat ekanligini yozadilarQADIMIY XORAZM QALALARI VA ULARDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR.Razzoqberdi Abdirimov, Umid Bekmuhammad. Xiva.2021. GʻXodjaniyozovning Qadimgi Xorazm mudofa inshootlari monografiyasida Shovotdagi tuproqqal’a dumaloq shaklda boʻlganligini va uning diametri 260 metrga yaqinligini yozadiQadimgi Xorazm mudofaa inshootlari" monografiyasida.(Toshkent.2007.
Manbalar
Turkum:Xorazm