Ogahiy uy muzeyi – 1999-yilda Xorazm viloyati Xivadagi Qiyot mahallasida Muhammad Rizo Ogahiyning uyida tashkil etilgan uy-muzey. Muzeyning oldida Ogahiyning haykali oʻrnatilganhttps://xs.uz/uz/post/hayot-gozalliklari-kujchisi. Ogahiyning uy-muzeyi Koʻhna Arkdan taxminan 5-6 chaqirim masofada Xiva-Qoʻshk’opir yoʻlida joylashgan. Shoirning uyida „Ogahiy bogʻi“ tashkil etilgan boʻlib, bu yerda Muhammad Rizo Ogahiyning oʻzi ekkan tut daraxti ham borhttps://www.intereuroconf.com/index.php/ispc/article/download/135/82. 2019-yil 16-17 dekabr kunlari shoirning 210 yillik yubileyini nishonlandi va Ogahiy uy-muzeyi qayatadan restavratsiya qilindihttps://beruni.uz/en-ca/component/k2/item/326-o%E2%80%99zr-fa-sharqshunoslik-instituti-muhammadrizo-ogahiy-qo%E2%80%99lyozmalaridan-nusxalar-sovg%E2%80%98a-qildi.html. Uy-muzey „Ichan-qal’a“ davlat muzey-qo‘riqxonasining filiali hisoblanadi.

Manbalar Turkum:Xiva bino va inshootlari Turkum:Oʻzbekistondagi uy-muzeylar