Takashi Aizawa (yaponcha: 相澤 貴志 , 1982-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — yaponiyalik sobiq futbolchi.

Faoliyati Aizawa 1982-yil 5-yanvarda Niigata shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u 2000-yilda J1 ligasiningKawasaki Frontale klubiga kelib qoʻshilgan. Ammo u 2000-yilgi oʻyinda umuman oʻyinga tushmagan va komandasi 2001-yilgi mavsumda J2 ligasiga tushib ketgan. 2001-yilning yozida u koʻplab oʻyinlarda qatnashgan boʻlsa-da, 2004-yilgacha Takeshi Urakami va Shinya Yoshihara borligi sababli zaxira oʻrinigʻida oʻtirishga majbur boʻlgan. Klub 2004-yilda chempionlikni qoʻlga kiritgan va 2005-yilga kelib J1 ligaga koʻtarilgan. 2005-yildan boshlab u Yoshihara bilan bu pozitsiya uchun raqobarga kirishgan va 2005-yil iyul oyidan boshlab darvozabonlik qila boshlagan. Biroq, u 2006-yil sentyabr oyida Yoshiharaning oʻrniga zaxira oʻrindigʻida qoldi. 2007-yilgi mavsumda esa yangi a'zo Eiji Kavashima kelganligi sababdan yana zaxirada qolib ketgan. U Xiromasa Yamamoto bilan pozitsiya uchun kurashgan va koʻplab oʻyinlarda qatnashgan. 2009-yilda u Kawasaki Frontale klubiga qaytgan. U 2010-yilning mayigacha Kavashima soyasida qolib ketib oʻynay olmagan boʻlsa-da, iyul oyidan boshlab u asosiy darvozabonga aylangan, Kavashima esa Belgiyaga koʻchib ketgan. 2012-yilda u J2 ligasining Machida Zelvia klubiga oʻtgan. Garchi u 2012-yilning apreligacha asosiy oʻyinchi boʻlsa-da, aprel oyidan boshlab Tomoxito Shugyo oʻrniga zaxirada qolgan va klub 2013-yildan boshlab Yaponiya futbol ligasiga tushib ketgan. 2013-yilda u asosiy darvozabon sifatida koʻplab oʻyinlarda ishtirok etgan. 2014-yilda u J1 ligasining Shimizu S-Pulse klubiga oʻtgan. Ammo u yana Masatoshi Kushibiki oʻrniga zaxirada qolgan. 2015-yilda u J2 ligasining Tokushima Vortis klubiga oʻtgan. U 2017-yil oxirida faoliyatini yakunlagan.

Klub statistikasi Tokushima Vortis Klub faoliyatiLigaKubokLiga kubogiMintaqaJamiMavsumKlubOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolYaponiyaLigaImperator kubogiLiga kubogiOsiyoJami2000Kawasaki Frontale000000 -002001900000 -9020020000 - -0020030000 - -0020040000 - -0020052203020 -27020062400090 -330200700002010302008Cerezo Osaka26000 - -2602009Kawasaki Frontale0000000000201023030400030020111700010–1802012Machida Zelvia9010––100201331000––3102014Shimizu S-Pulse501010–702015Tokushima Vortis5000––50201612020––14020170000––00Umumiy faoliyati1830100190102130

Manbalar

Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:J2 Ligasi futbolchilari Turkum:Yaponiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1982-yilda tugʻilganlar