Janubiy Amerika yaguari – Janubiy Amerikadagi yaguar (Panthera onca) populyatsiyasi. Janubiy Amerika uchun yaguarning bir qancha kenja turlarii taklif qilingan boʻlsa-da, morfologik va genetik tadqiqotlarda turosti ajratish orqali hech qanday dalil aniqlamagan.
Taksonomik tarixi Dastlab, Janubiy Amerika uchun bir qator kenja turlar tavsiflangan:
Panthera onca onca 1939-yilda Reginald Innes Pocock tomonidan taklif qilingan Pocock, shuningdek, Panthera onca peruviana (de Blainville, 1843) kabi boshqa kenja turlarni ham eslatib oʻtgan, ammo oxir-oqibat, dalillar yoʻqligi sababli, Panthera onca peruviana, Panthera onca onca bilan bir xil kenja tur boʻlishi taxminini qabul qilgan. Boshqacha qilib aytagan-da, Panthera onca onca taksonomik nomi Amazon daryosining shimoliy, gʻarbiy qismida va Markaziy Amerikaning janubida yashaydigan yaguarlarning geografik guruhini bildirgan. Pantanal yaguar, Argentinadan tashqari, Janubiy Amerikaning Pantanal mintaqasida uchraydigan Panthera onca palustris (Ameghino, 1888) taksonomik nomi sifatida kenja tur sifatida taklif qilingan. Boliviyadan olingan namunaga Panthera onca boliviensis nomi berilgan (Nelson va Goldman, 1933). Panthera onca paraguensis (Hollister, 1914) Gran Chaco yoki Paragvayning Pantanal mintaqalaridan yaguar sifatida tasvirlangan.
Xususiyatlari thumb| Santa-Kruz hayvonot bogʻidagi mqora yaguar, Boliviya Yaguarlar pumalardan kattaroq hisoblanib, Janubiy Amerikadagi tur Markaziy yoki Shimoliy Amerikadagilarga qaraganda ogʻirroq boʻladi. Janubiy Amerikada Amazon daryosining shimoliy va janubiy qismida joylashgan yaguarlar orasida farq mavjud.
Gayanada gacha ogʻirlikdagi namunalar haqida xabar berilgan. Venesuelada erkak va urgʻochi yaguarlar uchun tana ogʻirligi oʻrtacha ni tashkil etdi va mos ravishda, keyingi turning tana ogʻirligi esa Belizdagi Markaziy Amerika erkak yaguarlarnikiga oʻxshashdir. Venesuela erkak va urgʻochi yaguarlarning vazni ga yetishi mumkin. Venesueladagi Llanos va Braziliya janubidagi Pantanal mintaqasi, Boliviya va Paragvaydagi yaguar populyatsiyalari turlarning eng kattalari hisoblanadi. Pantanal yaguarlarning uzunligi taxminan ni, erkaklarining oʻrtacha ogʻirligi ni, urgʻochilarining oʻrtacha ogʻirligi esa ni tashkil qiladi. Baʼzi yaguarlarning vazni dan oshishi mumkin.
Tahdid thumb| Teodor Ruzvelt tomonidan oʻldirilgan yaguar Boliviyadagi yaguarlarga ularning qismlari, shu jumladan tishlarining Xitoyga noqonuniy savdosi tahdid solmoqda. Shuningdek, yashash hududlarining yoʻqolib borishi va insonlar bilan toʻqnashuvlar tahdid solmoqda.
Madaniy ahamiyati Yaguar Argentina milliy federatsiyasining regbi ittifoqining emblemasi tepasida tasvirlangan. Jaguares de Córdoba – Kolumbiyadagi futbol jamoasi. Lost Land of the Jaguar – BBC tomonidan suratga olingan Gayana faunasi, jumladan, yaguar haqidagi hujjatli film.
Yana qarang
Yevropa yaguari
Manbalar
Havolalar
Erkak yaguarlar hudud uchun qattiq kurashadi (YouTube) Turkum:Mushuksimonlar Turkum:Panteralar Turkum:Sutemizuvchilar Turkum:Zoologiya Turkum:Yirtqichlar