Hindixitoy yoʻlbarsi – yoʻlbarslarning Panthera tigris kenja turi populyatsiyasi boʻlib, Kambodja, Laos, Malayziya, Birma, Tailand va Vyetnamda yashaydi. Ilgari irland tabiatshunosi James Corbet (1875–1955) sharafiga deb nomlangan.

Panthera blytheae – taxminan 5,95-4,1 million yil oldin, oxirgi Messinian va erta Zanclean davrida yashagan pantherine mushuklarining yoʻq boʻlib ketgan turi hisoblanadi. Birinchi toshga aylangan qoldiqlar 2010-yil avgust oyida Tibet togʻlari, Ngari prefekturasida joylashgan Zanda havzasida topilgan; bu tur 2014-yilda tasvirlangan va panthera blytheae nomi berilgan.

Xususiyatlari Panthera blytheae bosh suyagining faqat bitta toshga aylangan qoldiq namunasi topilgan. Ammo, dalillar shuni koʻrsatadiki, bu tur boshqa Panthera turlariga xos boʻlgan bir qator xususiyatlarni oʻzida jamlagan, jumladan, „bosh suyagining ost-orbitalligi, fronto-parietal kesishgan miya yarimshar boʻlaklari“, va „old infra-orbital miya yarimshari kanali oldi boʻrtigʻining yoʻqligi“. Uning kattaligi bulutli leopardnikiga teng deb hisoblanadi. Shuningdek, qor qoplonidan taxminan 10% ga kichikroq. Lekin, bu faqat bosh suyagining nisbiy oʻlchamlariga asoslangan, shuning uchun bu taxminlar biroz notoʻgʻri boʻlishi mumkin. Boshqa Panthera turlari bilan qarindoshligi Baʼzi tadqiqotchilar P. blytheae turning Panthera urugʻiga xos tarzda tasniflanishini, boshqa turlar bilan cheklangan taqqoslash va Panthera xususiyatlariga mos keladigan xususiyatlarning yetishmasligioqibatida, u haqidagi faktlarni shubhali deb hisobladilar. Tadqiqotchilardan biri, Hemmer P. blytheae va "Miopanthera" pamiri qadimdan mavjud boʻlgan katta mushuklar bilan aloqadorligini taʼkidlagan va buning oʻrniga Neofelis bilan chambarchas bogʻliqligini taklif qildi va ikkala tur uchun Paleopanthera turi mos kelishi maqullandi.

P. blytheae, boshqa saqlanib qolgan turlari va Panthera urugʻi bilan chambarchas bogʻliq emasligi aniqlandi, shuning uchun u barcha qoplonlarlarning umumiy ajdodi deb hisoblanmaydi. Bu shuni anglatadiki, Panthera boshqa Felidaelardan ancha oldinroq mavjud boʻlgan va hozirgi hisob-kitoblarga koʻra, taxminan 16,4 million yil oldin yashagan tur hisoblanadi. P. blytheae ning boshqa pantera turlariga nisbatan joylashuvini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, Panthera Markaziy/Shimoliy Osiyoda yoki Osiyoning Golarktik mintaqasida paydo boʻlgan, boshqa qoplonlar esa Yevropa, Afrika va Amerikaga koʻchib oʻtgan.

2023-yil holatiga koʻra, ikkita soʻnggi tadqiqotlar Panthera zdanskyi turi Panthera blytheae ning sinonimi boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi va uning ushbu turdan farq qiladigan jihatlari, individual oʻzgarishlar sababli paydo boʻlgani aniqlanadi.

Manbalar

Turkum:Yaguarlar Turkum:Qoplonlar Turkum:Sutemizuvchilar Turkum:Mushuksimonlar Turkum:Yirtqichlar