iOS 17 – Apple tomonidan iPhone lineykasidagi mahsulotlari uchun ishlab chiqarilgan operatsion tizim. Anonsi 5-iyun 2023-yilda WWDC 2023da boʻlib oʻtgan. Sanoq boʻyicha iOS 16dan keyingi operatsion tizimdir.

IOS 17 Apple A12 Bionic yoki undan yangiroq chiplarda ishlovchi qurilmalarni qoʻllab quvvatlaydi. iPhone 8/8 Plus, iPhone X va undan oldin chiqarilgan qurilmalar endi qoʻllab quvvatlanmaydi.

Hozirda qoʻllab quvvatlanuvchi qurilmalar roʻyhati: iPhone XS i iPhone XS Max iPhone XR iPhone 11 iPhone 11 Pro i iPhone 11 Pro Max iPhone SE (2-avlod) iPhone 12 i iPhone 12 mini iPhone 12 Pro i iPhone 12 Pro Max iPhone 13 i iPhone 13 mini iPhone 13 Pro i iPhone 13 Pro Max iPhone SE (3-avlod) iPhone 14 i iPhone 14 Plus iPhone 14 Pro i iPhone 14 Pro Max iPhone 15 i iPhone 15 Plus iPhone 15 Pro i iPhone 15 Pro Max

Versiyalari tarixi OldingisiOhirgisiIshlab chiqaruvchilar uchunXavfsizlik patchi VersiyaTartib raqamiChiqish sanasiMuhim oʻzgarishlar17.0 Beta 121A5248v17.0 Beta 221A5268h OT yangilanishi sozlamalar sahifasi yangi dizaynga ega boʻldi: Beta-versiya haqida maʼlumot olish uchun havolalar roʻyxati oʻzgardi va „Bugun kechqurun yangilash“ tugmasi qoʻshildi. Yangi soat vidjeti qoʻshildi. Apple Music uchun yangi vidjet qoʻshildi. Ikkita iPhoneni bir biriga yaqinlashtirish orqali maʼlumotlarni ulashish imkoniyatini beruvchi AirDrop funksiyasini qoʻllab quvvvatlash. Ikkita foydalanuvchi oʻrtasida kontaktlarini almashish imkoniyatini beruvchi NameDrop funksiyasini qoʻllab quvvatlash. Kutish rejimida bildirishnomalarni oʻchirish imkoniyati yaratildi. Salomatlik ilovasida Psixologik sogʻlik jamlanmasi qoʻshildi. Endi Siri orqali skrinshot qilish mumkin.

Haptic Touch sozlamalarida ushlab turish funksiyasi qoʻshildi. Fitness ilovasi endi sozlamalarda alohida element sifatida qoʻshildi.17.0 Beta 321A5277h „Oʻchirilgan fotosuratlar“ albomining interfeysi yangilandi. Salomatlik ilovasidagi „Ruhiy salomatlik“ boʻlimiga kichik vizual oʻzgarishlar. Apple Music endi toʻliqroq trek maʼlumotlarini, jumladan mualliflar, bastakorlar va qoʻshiqqa hissa qoʻshganlarni koʻrsatadi. Home ilovasi interfeysida kichik yangilanish. Ushbu versiyada xatolar tuzatilgan va ishlash yaxshilangan.17.0 Beta 3 Update21A5277jPublic Beta 1

Rasmlarda kattalashtirishda tasvirlarni kesish uchun 4 ta variant mavjud. Tamil, telugu, kannada va malayalam tillarining iOS transliteratsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Foydalanuvchilar Apple ID-ga elektron pochta identifikatori oʻrniga telefon raqamlari orqali kirishlari mumkin. Soʻzlar va iboralarning taʼriflarini olish uchun yangi oʻrnatilgan panjabi lugʻati qoʻshildi. Foydalanuvchilar „Qoʻngʻiroqlar tarixi“ boʻlimida 2000 tagacha qoʻngʻiroqlarni, jumladan, FaceTime va WhatsApp qoʻngʻiroqlarini koʻrishlari mumkin.17.0 Beta 421A5291h Klaviatura toʻgʻri koʻrsatilmaslik xato tuzatildi. Xabarlar ilovasida biriktirmalarni yuborish uchun yangilangan interfeys piktogrammalari. Kutish rejimida teginish bildirishnomalarini oldindan koʻrish uchun oʻzgartirish tugmasi qoʻshildi. Bir iPhone-ni boshqasiga yaqinlashtirganingizda kontentni uzatishni yoqish uchun AirDrop sozlamalariga oʻzgartirish tugmasi qoʻshildi. Sozlamalardagi „Uy ekrani va ilovalar kutubxonasi“ bandi belgisi yangilandi. Yangilangan AirPlay ishga tushirish animatsiyasi.17.0 Beta 4 Update21A5291jPublic Beta 217.0 Beta 521A5303dPublic Beta 3

Qoʻshiqlarni Shazam orqali qidirish bildirishnomasi yangi animatsiyaga ega boʻldi.

Sozlamalarda, „iPhone xotirasi“ boʻlimida, kompyuteringizdan sinxronlangan multimedia kontentini koʻrsatadigan „Sinxronlashtirilgan tarkib“ elementi qoʻshildi. IPhone xotirasi boʻlimida bir xil ishlab chiquvchidan ilovalarning umumiy maʼlumotlar hajmini guruhli koʻrsatish qoʻshildi. AirDrop orqali maʼlumotlarni uzatishda maxsus ovoz qoʻshildi. Boshqarish markazida yorqinlik, ovoz balandligi va slayderlar uchun yangilangan animatsiyalar.17.0 Beta 621A5312cPublic Beta 4

Qoʻngʻiroqni tugatish tugmasi oʻzining markaziy joyiga qaytdi. Sozlamalarda „Displey va yorqinlik“ boʻlimida iOS 17 fon rasmi yangilandi. Qulflangan ekranda trek chaqirganda yangilangan pleer animatsiyasi. Salomatlik ilovasidagi „Ruhiy salomatlik“ yozuvi uchun yaxshilangan animatsiya.17.0 Beta 721A5319aPublic Beta 5

Ovozsiz rejimga oʻtishda taktil javob oʻzgardi.

Qoʻngʻiroq paytida tugmalar menyusini ochishda qoʻngʻiroqni tiklash tugmasi markaziy joyga qaytdi.17.0 Beta 821A5326aPublic Beta 6 Ushbu versiyada xatoliklar tuzatilgan.17.0 RC21A329Release Candidate 20ta yangi rington hamda bildrishnoma ovozlari qoʻshildi.17.021A329Release17.0.121A340Kichik xatoliklar tuzatildi va muhim xavfsizlik yangilanishlari.17.0.221A350Faqat iPhone 15, 15 Plus, 15 Pro va 15 Pro Max uchun. Baʼzi aloqa operatorlari bilan yuzaga kelgan kichik xatoliklar tuzatildi.

Manbalar