right|thumb|207x207px| Kitadaitō xaritasi , shuningdek Kita Daitō, Kita-Daitō-shima va Kitadaitō shaklida ham qoʻllanadi, Daitō orollari guruhining eng shimoliy qismidagi orol boʻlib, Filippin dengizi janubidagi Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan. Orol Shimajiri tumanidagi Kitadaitō qishlogʻining bir qismi sifatida boshqariladi. Orol butkul qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Bu hududda plyajlar mavjud emas, ammo baliq ovlash uchun baliq ovlash porti, uchta parom dok va mahalliy parvozlar uchun aeroport (Kitadaito aeroporti) (aerport kodi „KTD“) faoliyat yuritadi.
Geografiyasi Kitadaitōjima nisbatan izolyatsiya qilingan marjon oroli hisoblanib, arxipelagning eng katta oroli Minamidaitojimadan taxminan shimolda va Okinava shtatining Naxa shahridan uzoqlikda joylashgan. Arxipelagdagi boshqa orollarda boʻlgani kabi, Kitadaitōjimada ham koʻtarilgan marjon atolli boʻlib, tik qirgʻoq boʻyidagi ohaktosh qoyasi (orolning sobiq qirrali marjon rifi) va botiq markazi (orolning sobiq lagunasi) mavjud. Orol taxminan oval shaklda boʻlib, aylanasi taxminan ,uzunligi va ni tashkil qiladi. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Orolning ichki qismida bir nechta kichik chuchuk suv havzalari ham mavjud.
Aholisi Orol markazidagi qishloqda taxminan 660 nafar (2013-yil 1-iyun holatiga koʻra) aholi istiqomat qiladi.
Iqlimi Kitadaitōjima tropik yomgʻirli oʻrmon iqlimiga ega boʻlib (Köppen iqlim tasnifi Af), yozi juda issiq va qishi esa yumshoq kechadi. Kitadaitōjimada oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yil davomida yogʻingarchilik miqdori sezilarli darajada boʻlib, eng seryogʻin oy – may, eng quruq oy esa – fevral hisoblanadi. Orolda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori ga teng, shundan eng koʻp yomgʻir yogʻadigan oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi. Eng baland koʻrsatkich – boʻlib, bu holat 2017-yil 7-sentabrda qayd etilgan. Eng past koʻrsatkich esa 2015-yil 15-fevralda aniqlangan va ni tashkil qilgan. Galereya
Manbalar
Havolalar rasmiy bosh sahifa
Turkum:Daitō orollari Turkum:Okinava prefekturasidagi orollar