Gestatsion gipertenziya yoki homiladorlik tufayli kelib chiqqan gipertenziya – homilador ayolda 20 haftalik homiladorlikdan keyin siydikda protein yoki preeklampsiyaning boshqa belgilari boʻlmagan holda gipertenziya rivojlanishi. Gestatsion gipertenziya kamida 6 soatlik interval bilan qon bosimining ikki marta 140/90 dan yuqori boʻlishi bilan tavsiflanadi.
Belgilari
Hozirgi vaqtda homiladorlik gipertenziyasining rivojlanish ehtimolini oldindan bilish uchun yagona diagnostika usuli mavjud emas. Yuqori qon bosimi homiladorlik gipertenziyasini tashxislashning asosiy belgisidir. Homiladorlik gipertenziyasi boʻlgan baʼzi ayollarda jarayon asimptomatik kechishi mumkin, biroq odatda bu holat bilan bogʻliq bir qator alomatlar yuzaga keladi:
Shish Toʻsatdan tana vazni ortishi Xira koʻrish yoki yorugʻlikka sezgirlik Koʻngil aynishi va qayt qilish Doimiy bosh ogʻrigʻi Qon bosimining oshishi
Xavf omillari
Ona tomonidan xavf omillari:
Semirib ketish 20 yoshdan kichik yoki 40 yoshdan oshganda homilador boʻlish Anamnezida qandli diabet, gipertenziya (ayniqsa, homiladorlik gipertenziyasi) va buyrak kasalliklari boʻlishi Oldindan mavjud boʻlgan gipertenziya Trombofiliyalar (antifosfolipid sindromi, protein C/S yetishmovchiligi, Leyden V omili) Buyrak koʻchirib oʻtkazilgan boʻlsa
Homiladorlik bilan bogʻliq sabablar:
Koʻp homiladorlik (egizak yoki uch egizak va boshqalar) Yoʻldosh anomaliyalari: Giperplasentoya Yoʻldosh ishemiyasi
Oilaviy anamnezi:
Oilaviy anamnezida preeklampsiyaning boʻlishi.
Differensial diagnostika
Homiladorlikning bir nechta gipertenziv holatlari mavjud:
Gestatsion gipertenziya Homiladorlik gipertenziyasi odatda siydikda oqsil boʻlmasdan, 6 soatdan koʻproq vaqt oraligʻida ikkita alohida holatda oʻlchanadigan va homiladorlikning 20 haftasidan keyin tashxis qoʻyilgan qon bosimining 140/90 dan yuqori boʻlishi bilan tavsiflanadi. Preeklampsiya Preeklampsiya – bu homiladorlik gipertenziyasi va proteinuriya (24 soatlik siydik namunasida >300mg oqsil boʻlishi). Ogʻir preeklampsiya holati qoʻshimcha tibbiy belgilar va alomatlar bilan birga 160/110 dan yuqori qon bosimi bilan namoyon boʻladi. HELLP sindromi preeklampsiyaning bir turi. Bu uchta tibbiy holatning kombinatsiyasi hisoblanadi: gemolitik anemiya, jigar fermentlarining miqdorining koʻtarilishi va trombotsitlar sonining pastligi. Eklampsiya Bu yuqori qon bosimi va proteinuriyasi bor homilador ayolda tonik-klonik tutqanoqlar paydo boʻlishi. Preeklampsiya va eklampsiya baʼzan umumiy sindromning tarkibiy qismlari sifatida qaraladi.
Davolash
Hech qanday maxsus davolash usullari yoʻq, lekin preeklampsiya va uning hayotga xavf tugʻdiruvchi asoratlarini (HELLP sindromi va eklampsiya) tezda aniqlash uchun diqqat bilan kuzatib boriladi.
Dori moddalari bilan davolash imkoniyatlari cheklangan, chunki koʻplab antigipertenziv dorilar homilaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, angiotenzin retseptorlari blokerlari va toʻgʻridan-toʻgʻri renin ingibitorlari teratogen taʼsirga ega boʻlgani uchun homiladorlikda qarshi koʻrsatmadir. Metildopa, gidralazin, nifedipin va labetalol ogʻir homiladorlik gipertenziyasi uchun eng koʻp qoʻllaniladigan dori vositalari hisoblanadi.
Homilada hayot uchun xavfli boʻlgan turli xil kasalliklar, shu jumladan oʻpka gipoplaziyasi (yetilmagan oʻpka) uchrash xavfi yuqori. Agar xavfli asoratlar homila yashab keta olish darajasiga yetganidan keyin paydo boʻlsa, hatto hali yetuk boʻlmasa ham, onaning ham, bolaning ham hayotini saqlab qolish uchun erta tugʻruq amalga oshirilishi mumkin.
Manbalar
Turkum:Ginekologiya Turkum:Kasalliklar Turkum:Homiladorlik