Sholaye-e Inquilab (, Inqilob alangasi') – tojik tilida chiqarilgan haftalik gazeta boʻlib, Turkiston Muxtor Sovet Respublikasining Samarqand shahridan 1919-yil aprelidan 1921-yil dekabrgacha faoliyat olib borganAdel, Gholamali Haddad, Mohammad Jafar Elmi, and Hassan Taromi-Rad. Periodicals of the Muslim World: An Entry from the Encyclopedia of the World of Islam. EWI, 2012. p. 28Ajni, Sadriddin, and John R. Perry. The Sands of Oxus: Boyhood Reminiscences of Sadriddin Aini. Costa Mesa, Calif: Mazda Publ, 1998. p. 12Baldauf, Ingeborg, Moshe Gammer, and Thomas Loy. Bukharan Jews in the 20th Century. Wiesbaden: Reichert, 2008. p. 42. Dastlab gazetaga Sayyid Rizo Alizoda tomonidan asos solgan. "Sholaye-e Inquilab" jurnalining birinchi soni 1919-yil 10-aprelda chop etilganBergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. pp. 23-25. Bu Oʻrta Osiyoda fors-tojik tilidagi ikkinchi gazeta ("Buxoroi-ye-sharif" dan keyin) boʻlib, Sovet Turkistonida tashkil etilgan ilk fors-tojik tilidagi gazeta sanaladi. Gazeta Turkiston Kompartiyasining mafkuraviy yoʻnalishini targʻib qilib borgan.
Gazetadagi aksariyat maqolalarning muallifi Alizodaning oʻzi edi, garchi u yozuvchilar kamligini yashirish uchun turli taxalluslar ishlatgan boʻlsa ham, oʻquvchilar bu maqolalarning aksarini Alizodaning oʻzi yozishidan xabardor boʻlishgan. Gazeta til yoʻnalishlari boʻyicha fors milliy oʻzligini saqlashga chaqirgan. „Sholaye-e Inquilab“ nashri 1919-yil oktyabr oyida toʻxtatildi. Gazeta eng kam hisoblangan 1000 nafar oʻquvchini ham qamrab ololmadi va uni sotishdan tushgan daromad uni yuritish xarajatlarini qoplamadi. Kommunistik partiyaning Samarqand boʻlimi uni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda davom etmasligi ham ayon boʻldiBergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. pp. 23-25.
1919-yil noyabr oyida Toshkentda joylashgan Turkkommissiya tomonidan gazeta qayta nashr etilishga tavsiya qilindi. Bu davrda gazetaga oʻsha davrning koʻzga koʻringan adiblari Sadriddin Ayniy va Hoji Muinlar ham muharrir sifatida qoʻshildi. Gazetada endi fors milliy oʻziga xosligi masalasiga endi urgʻu berilmay, uning oʻrniga yangi yozuvchilar „turkistonliklar“ haqida gapirishni afzal koʻrar edilar. U oʻz tilini „forscha“ deb atashni davom ettirdiBergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. pp. 23-25. Gazeta keyinchalik siyosiy mavzularga aralashib, amir tuzumini qoralab, Qizil Armiyani qoʻllab-quvvatlashga chaqirganRhyne, George N., Edward J. Lazzerini, and Bruce Friend Adams. The Supplement to The Modern Encyclopedia of Russian, Soviet and Eurasian History. Gulf Breeze, Fla: Academic International Press, 1995. p. 18.
Gazeta mintaqadagi yagona fors tilidagi nashr boʻlsa-da, kengroq oʻquvchilar ommasini topa olmadiBergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. pp. 23-25. Gazeta 1921-yil dekabrda, toʻqsoninchi sonidan keyin yopildiAdel, Gholamali Haddad, Mohammad Jafar Elmi, and Hassan Taromi-Rad. Periodicals of the Muslim World: An Entry from the Encyclopedia of the World of Islam. EWI, 2012. p. 28. 1924-yilning avgustiga qadar yangi tojik gazetasi (Avaz-e Tajik-e Kambaghal) paydo boʻldi, uning tahririyatida Alizoda, Muin va Ayniy kabi mashhur yozuvchilar muharrirlik qilganBergne, Paul. The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic. London: Tauris, 2006. p. 76.
Manbalar
Turkum:Turkiston Turkum:Samarqand Turkum:Fors tilidagi gazetalar