Miray Akay (2000-yil 17-iyulda tugʻilgan) – Ukrainalik-Turk aktrisa.
Hayoti Myroslava Kosteva Akay () 2000-yil 17-iyulda Ukrainada tugʻilgan, otasi Turk va ona esa Ukrainalik boʻlgan. Uning 1993-yilda tugʻilgan opasi va 2002-yilda tugʻilgan ukasi bor edi. Boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni Istanbul Bahçelievler Ali Haydar maktabida olgan. Mimar Sinon nomidagi tasviriy sanʼat maktabining teatr yoʻnalishini tamomlagan. 13 yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan va turli reklama kliplarda ishlagan.
Faoliyati Akay oʻn uch yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Bitmeyen Şarkı teleserialida rol ijro etgan. Bir vaqtning oʻzida Turk mali komediya serialida ham rol oʻynagan„Miray Akay kimdir? Miray Akay nereli ve kaç yaşında?“. Sözcü (in Turkish). 17 June 2019. Retrieved 27 July 2020.„Miray Akay kimdir ve kaç yaşındadır?“. Hürriyet (in Turkish). 17 June 2019. Retrieved 27 July 2020.. 2012-yilda "Çıplak Gerçek" filmida Selin obrazini ijro etgan. Xuddi shu yili "Havva Dönüş: Sarıkamış 1915" tarixiy filmida Nihan rolini oʻynadi. 2013-yilda u 20 Dakika seriyasida Duru Halaskar obrazini oʻynadi. Shu bilan birga bir vaqtning oʻzida ikkita filmda rol ijro etgan: „Balık“ filmida Deniz rolini, "Halam Geldi" filmida esa Reyhon obrazini tasvirlagan. 2013-yilda "Kelebeğin Rüyasi" filmida Medihaning singlisi xarakterini tasvirlagan. Keyingi yili esa u "Benim Adim Gültepe" serialida Gülten obrazini tasvirladi. 2015-yilda Burcu Özberk va Hande Erçel aktrisalari bilan birga "Güneşin qizlari" serialida Peri Yilmaz obrazini tasvirlagan 2017-yilda Dayan Yüregim serialida Nazli rolida paydo boʻldi. 2018-yilda FOX telekanalida namoyish etilgan "Bizim hikaye" serialida Zeynep obrazini oʻynagan. Shuningdek, 2018-yilda Servet serialida paydo boʻldi Hozirda esa Pembe obrazini aks ettirgan "Bir Zamanlar Kıbrıs" tarixiy serialida bosh rolni ijro etmoqda. Hikoya 1963-yilda boʻlib oʻtadi.
Shaxsiy hayoti Miray Akay Atilla Dogukan bilan uchrashib qoladi, er-xotin 2019-yil 17-iyun kuni unashtirildi, ammo keyinroq ajralishdi„Miray Akay kimdir? Atilla Doğukan Türkyılmaz kimdir?“. Haberler (in Turkish). 8 July 2019. Retrieved 27 July 2020..
Filmografiya Film Yil Sarlavha Rol 2013 Kelebeğin Rüyasi Medihaning singlisi 2013 Eve Dönüş: Sarıkamış 1915 Nihan 2014 Halam Geldi Reyhan 2014 Baliq Deniz Televizion Yil Sarlavha Rol 2010 Bitmeyen Şarkı 2013 20 Dakika Duru Xalaskar 2014 Benim Adım Gültepe Gülten 2015–2016 Güneşin Qizlari Peri Yilmaz 2017 Dayan Yüreğim Nazli 2017–2019 Bizning Hikaye Zeynep Elibol 2020–2021 Zümrüdüanka Meliha Kulogʻli 2021–2022 Bir Zamanlar Kıbrıs Pembe Dereli 2022 Ah Nerede Seray 2022 Kuruluş Osman Alçiçek Hotun
Manbalar
Havolalar
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukraina muhojirlari Turkum:Turk kino aktrisalari