Bliss — dastlab Bucolic Green Hills deb nomlangan, Microsoft Windows XP operatsion tizimining standart kompyuter fon rasmi. Bu rasm Kaliforniyaning „vino yetishtiruvchi mamlakati“ni ichiga olgan Los Carneros deb nomlanuvchi Amerika uzumchilik hududidagi yashil tepalik va oq bulutli moviy osmonning deyarli tahrir qilinmagan fotosurati hisoblanadi. Charles O'Rear rasmni 1996-yil yanvar oyida olgan va Microsoft 2000-yilda mualliflik huquqlarni sotib olgan. Taxminlarga koʻra, bu suratni milliardlab odamlar koʻrgan va u tarixdagi eng koʻp koʻrilgan fotosuratga aylanishi mumkin.

Umumiy maʼlumot Sobiq National Geographic fotografi Charles O'Rear 1996-yilda yaqin atrofdagi Napa vodiysida yashovchi sevgilisi bilan uchrashish uchun ketayotganda oʻrta formatli Mamiya RZ67 kamerasi bilan vodiyni suratga tushirgan. Keyinchalik tasvir Adobe Photoshop kabi dasturiy taʼminot yordamida oʻzgartirilgan yoki hatto yaratilgan degan fikr keng tarqalgan boʻlsa-da, O'Rearning aytishicha, u hech qachon bunday ish qilmagan. O'Rear Bucolic Green Hills nomli bu suratni fond fotosurati sifatida foydalanish uchun Westlightga sotganMetadata of Bliss, Windows XP Beta 2. Westlight 1998-yilda Corbis tomonidan sotib olinadi va u oʻzining eng koʻp sotiladigan rasmlarini raqamlashtiradi. Westlight sotib olinganidan ikki yil oʻtgach, Microsoft dizayn jamoasi Windows XPda fon rasmi sifatida foydalanish uchun rasmlar tanlashiga toʻgʻri keladi. Bucolic Green Hills tasviri oxir-oqibat standart fon rasmi sifatida tanlanadi, natijada kompaniya rasmni sotib oladi va uning nomini Bliss deb oʻzgartiradi.

Tasvir, shuningdek, Microsoftning dasturiy taʼminotini targʻib qilish uchun 200 million dollarlik „Yes You Can“ reklama namoyishining bir qismi sifatida taqdim etiladi va koʻplab parodiyalar mavzusiga aylandi.

Kompaniya bu tasvirni „Microsoft mijozlarga taqdim etishga intilayotgan tuygʻularni (erkinlik, imkoniyat, xotirjamlik, iliqlik va boshqalar) aks ettirgani“ uchun tanlagan. Windows XPning bozordagi muvaffaqiyati tufayli keyingi oʻn yil ichida Bliss oʻsha davrda dunyodagi eng koʻp koʻrilgan fotosurat boʻldi.

Tarixi alt=A man with white hair and glasses wearing a brown button-down shirt, smiling at the camera.|left|thumb| Charles O'Rear 2007-yilda 1996-yil yanvar oyida National Geographicning sobiq fotografi O'Rear St. Helenadagi (Kaliforniya shtati) uyidan San Fransisko shimolidagi Napa vodiysiga ketayotgan edi. U har juma kuni tushdan keyin sevgilisi Daphne Irwinni (keyinchalik u bilan turmush qurgan) koʻrish uchun yoʻlga chiqardi. O'Rear Irwin bilan vino mamlakati haqidagi kitob ustida ishlagan. Oʻsha kuni u hududni suratga tushirish imkoniyatidan samarali foydalanib qoladi, chunki endigina boʻron oʻtib ketgan va qish yomgʻiri hududni yam-yashil rangga aylantirgan edi.

Sonoma avtomagistrali boʻylab (Kaliforniya shtatining 12- va 121- yoʻnalishlari) mashina haydab ketayotib, u hududni qoplagan uzumzorlardan ozod tepalikni koʻradi; ular bir necha yil oldin filoksera bilan zararlanganidan keyin olib tashlangan edi. „Mana u! Xudoyim, maysalar mukammal! Bu yashillik! Quyosh chiqishi; bulutlar“, – deb oʻyladi u. O'Rear Napa-Sonoma okrugi liniyasi yaqinida toʻxtadi (taxminan ) va yoʻl chetiga tushdiStory, at 2:30..

Suratga olish uchun O'Rear shtativda Mamiya RZ67 oʻrta formatli kamerasidan foydalanib, Fujifilmning Velvia plyonkasini tanladi, bu plyonka koʻpincha tabiat fotograflari orasida qoʻllanadi va tabiatni oʻz holatidagidek tasvirlay oladigan baʼzi ranglarining ideal kombinatsiyasi bilan mashhurStory, at 2:30.. O'Rear tasvirning muvaffaqiyatini kamera va plyonkaning bir-biriga mos kelishida deb biladi. „Bu kombinatsiya oʻzgarishlarni keltirib chiqardi va menimcha, Bliss fotosurati yanada koʻproq ajralib turishiga yordam berdi. Oʻylaymanki, agar men uni 35 mmli plyonka bilan rasmga olganimda, Bliss hozirgi koʻrinishidan farq qilgan boʻlar edi“, – deydi uStory, at 2:50.. O'Rear kamerasini oʻrnatayotgan vaqtida rasmdagi bulutlar kirib kelgan boʻlishi mumkinligini aytib: „Oʻsha paytda hamma narsa juda tez oʻzgarib turardi“, – deb qoʻshimcha qiladi.

U toʻrtta rasm olgan va yana yuk mashinasiga oʻtirib, yoʻlida davom etgan. O'Rearning soʻzlariga koʻra, tasvir raqamli ravishda kuchaytirilmagan yoki hech qanday tarzda oʻzgartirilmagan.

Bu vino mamlakati haqidagi kitobiga taalluqli boʻlmagani uchun, O'Rear rasmni Westlight orqali (sotib olinganidan keyin Corbisga oʻtkazildi) fond fotosurati sifatida taqdim etdi, undan tegishli litsenziya toʻlovini toʻlashga tayyor boʻlgan har qanday manfaatdor shaxs foydalanishi mumkin boʻlgan.

2000-yilda Microsoftning Windows XPni rivojlantirish jamoasi Corbis orqali O'Rear bilan bogʻlandi, muallifning fikricha, ular Sietlda joylashgan kattaroq raqobatchi Getty Imagesning rasmlari oʻrniga uning rasmidan foydalanganlar. „Men [ular] nimani qidirganini bilmayman“, – deb eslaydi u: „Ular osoyishtalik mavjud boʻlgan tasvirni izlashdimi? Ular hech qanday keskinliksiz tasvirni qidirdilarmi?“Story, at 3:20.. O'Rearning Full Moon over Red Dunes deb nomlangan yana bir tasviri Windows XPda Red moon desert deb nomlanib, u ham standart fon rasmi sifatida qabul qilingan, biroq sinovchilar uni dumbaga qiyoslagani uchun oʻzgartirilgan.

Microsoft Bliss tasvirini faqat XPning standart fon rasmi sifatida foydalanish uchun litsenziyalashni emas, balki uning barcha huquqlarini sotib olishni xohlashini aytgan. Ular O'Rearga bitta rasm uchun fotografga qilingan ikkinchi eng katta toʻlovni taklif qilishgan; ammo, u maxfiylik shartnomasini imzolaganligi sababli aniq miqdorni oshkor qilmagan. Narx „olti raqamdan pastda“ ekanligi xabar qilingan. O'Rear Microsoftga asl rasmni yuborishi va hujjatlarni imzolashi kerak edi, ammo, kuryerlar va yetkazib berish xizmatlari rasmning joʻnatilish qiymati sugʻurta qiymatidan yuqori boʻlishidan xabardor boʻlgach xizmatni rad etishadi. Buning oʻrniga dasturiy taʼminot kompaniyasi O'Rearga samolyot chiptasini sotib oladi va u shaxsan oʻzi rasmni Sietldagi ofisga yetkazib beradi. „Menimcha, muhandislar yoki Microsoftdagi biror kim bu rasm muvaffaqiyatga erishishini tasavvur qilmagan“, – deydi uStory, at 4:45..

Suratga bo‘lgan huquqlar Microsoft tomonidan sotib olingach, u Bliss deb qayta nomlandi va Windows XPning asosiy grafik foydalanuvchi interfeysi bo‘lgan Luna vizual uslubining standart fon rasmi sifatida tanlandi. Microsoft bu rasmdan Windows XPni targ‘ib qilish uchun va 200 million dollarlik reklama kampaniyasida keng foydalangan. Garchi Blissning chap tomoni bir oz kesilgan va maysalarning rangi kuchaytirilgan deb tez-tez aytilsa-da, Microsoft Corbisdan sotib olgan versiyasi boshidan shunday boʻlgan, ranglarning toʻyinganligi esa Velvia plyonkasining natijasi edi. O'Rear oʻshandan beri sotilgan XP nusxalari soniga asoslanib, tasvir butun dunyo boʻylab milliardlab kompyuterlarda koʻrilganini taxmin qilgan.

Qayta yaratishga urinishlar thumb| Goldin+Senneby tomonidan 2006-yil noyabr oyida Bliss bilan taxminan bir xil joyda olingan rasmda hududni qamrab olgan uzumzorlarni koʻrish mumkin thumb| 2017-yil iyul oyida tepalikning surati 2000-yilda Bliss rasmi Microsoft tomonidan sotib olinishidan oldin, surat olingan tepalik yana uzumzorlar bilan qoplangan. Biroq, fotograflar uni qayta yaratishga harakat qilishgan. Goldin+Senneby dueti 2006-yil noyabr oyida Sonoma vodiysidagi Bliss surati olingan joyga tashrif buyurib, hozirda uzum toklari bilan to‘lgan xuddi shu manzarani qayta suratga olishgan (rasmda). Ularning After Microsoft deb nomlangan rasmi birinchi marta 2007-yilning aprel oyida La Vitrine galereyasidagi „Paris was Yesterday“ koʻrgazmasida namoyish etilgan. Keyinchalik u Gyoteborgda „300 m³“da namoyish etildi. San’at tarixchisi Julian Myers-Szupinskaning ta’kidlashicha, uzumzorlarning qaytishi bilan Goldin+Senneby tomonidan qayta yaratilgan Bliss „o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan“.

Fotosurat haqida fikrlar O'Rearning tan olishicha, National Geographic uchun olgan boshqa barcha fotosuratlariga qaramay, u eng koʻp Bliss tufayli insonlar yodida qolishi mumkin. U 2014-yilda „15 yoshdan umrining oxirigacha har bir kishi ushbu fotosuratni eslab qoladi“, – deb aytganStory, 5:30..

Tasvirning kelib chiqishi XP chiqqandan keyin bir necha yil davomida ham maʼlum boʻlmaganligi sababli, landshaft qayerda ekanligi haqida juda koʻp taxminlar mavjud edi. Baʼzi taxminlarda rasm Fransiya, Angliya, Shveysariya, Yangi Zelandiyaning Shimoliy Otago mintaqasi, Vashington janubi-sharqidagi va Tyubingen janubidagi (Germaniya) joylarning birida olinganligi aytiladi. Gollandiyalik foydalanuvchilar fotosurat Irlandiyaning Kerry okrugida olingan, chunki dasturiy taʼminotning niderlandcha nashrida tasvir Ireland deb nomlangan degan xulosaga kelgan, xuddi shunday, portugalcha versiyada rasm Alentejo deb nomlangan va shu tilda soʻzlashuvchi foydalanuvchilarning uni Portugaliyaning shu nomli hududida olingan deb hisoblashiga majbur qilgan.

Boshqa foydalanuvchilar esa tasvirdagi joy haqiqiy emas, osmon alohida tasvirdan kelib chiqqan va tepalik bilan birlashtirilgan deb taxmin qilishgan.

2001-yil dekabr oyida Microsoft Bliss nomi ostida tasvirga oʻxshash manzarali, ammo jonlantiruvchi effektlarga ega ekran lavhasini chiqardi.

2012-yilda Britaniyaning Ateur Photographer jurnalidan David Clark Blissning estetik fazilatlari haqida fikr bildirar ekan: „Tanqidchilar tasvirni bejirim va diqqatga sazovor joyi yoʻqligini taʼkidlashlari mumkin, tarafdorlarga esa uning goʻzal manzaradagi yorqin va tiniq kunni eslatishining oʻzi mavzu“, deb yozadi. U togʻ yonbagʻiridagi filtrlangan quyosh nuri taʼsirida yaratilgan „tush kabi sifat“ni tasvirning oʻziga xos jihati sifatida qayd etadi. „Microsoftni rasmni boshqalardan yaxshiroq deb tanlashiga nima majbur qildi?“ – deb savol beradi u. Garchi kompaniya hech qachon O'Rearga yoki boshqa biror kimga bu haqida aytmagan boʻlsa-da, Clark shunday taxmin qiish mumkin deb hisobladi: „Bu rasm jozibali, koʻzni qamashtiradi va ekranda boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa narsalarni buzmaydi, bularning barchasi uning tanlanishida yordam beradigan omillardir. Bundan tashqari, u yam-yashil landshaftning gʻayrioddiy jozibali tasviri va stolga ulangan kompyuter foydalanuvchilarida osoyishtalik hissini uygʻotadigan tasvir boʻlgani uchun ham tanlangan boʻlishi mumkin“.

2021-yil 8-iyulda Microsoft 365 jamoasi bir qator nostalgik mavzudagi Microsoft Teams fon rasmlarini nashr etdi, ular orasida Bliss manzarasi asosidagi fon rasmi ham bor edi.

Yana qarang

Eng muhim deb hisoblangan fotosuratlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Tepalikning Googledan koʻrinishi Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Windows Turkum:Microsoft Turkum:Landshaft rasmlari