Chagang provinsiyasi (Chagangdo; ) – Shimoliy Koreyadagi provinsiya boʻlib, shimolda Xitoyning Jilin va Liaoning provinsiyalari, sharqdan Ryanggang va Janubiy Xamgyong, Janubiy Pyongan bilan chegaradosh. Chagang 1949-yilda Shimoliy Pyongan chegarasi qayta koʻrib chiqilganidan keyin tashkil topgan. Viloyat markazi – Kangye shahri hisoblanadi. Chagangda joylashgan qurol zavodlari va yadroviy qurol inshootlari tufayli 2019-yilgacha provinsiya Shimoliy Koreyaning sayyohlar uchun toʻliq kirish imkoni boʻlmagan yagona provinsiyasi edi. 2019-yilda Manpo shahri sayyohlar uchun ochilgan. 2018-yilning may oyida viloyat yadro quroli va qurol zavodlarini yashirish munosabati bilan „Maxsus Songun (birinchi harbiy) inqilobiy zona“ga aylangan.

Geografiyasi Chagang provinsiyasi Koreyaning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Chagang togʻli viloyat boʻlib, hudud umumiy maydonining 98 foizi togʻlardan iborat. Dengiz sathidan oʻrtacha 750 metrda joylashgan va aksaryat mintaqalarning nishabi 15% dan 40% darajagacha.

Viloyat Osiyo materigi taʼsirida oʻziga xos kontinental iqlimga ega boʻlib qishi juda sovuq va uzoq va bahori bilan kuzi esa qisqadir. Iqlimi kunlik va yillik haroratning katta farqlanishi bilan tavsiflanadi. Yoz oylarida tez-tez yomgʻir va doʻl yogʻingarchiligi kuzatiladi. Momaqaldiroq va chaqmoq chaqishlari ham tez-tez sodir boʻlib turadi.

Viloyat katta mineral boyliklarga ega boʻlib, Shimoliy Koreyaning asosiy manbalari boʻlgan qoʻrgʻoshin, rux, oltin, mis, molibden, volfram, surma, grafit, apatit, alunit, ohaktosh, kalsiy karbonat, antratsit va temir rudalari qazib olinadi. Ular orasida kristallar va qimmatbaho toshlar ham mavjud.

Asosiy shaharlari va iqtisodiy faoliyati Viloyat yer osti, oʻrmon va suv resurslariga boydir. Koreya urushigacha Chagang provinsiyasi atigi ikkita kon, bitta yogʻoch tegirmoni va spirtli ichimliklar zavodiga ega boʻlgan alohida viloyat boʻlgan. Hozirda viloyatda energetika, mashinasozlik, kimyo, yengil va togʻ-kon sanoati, yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.

Shimoliy Koreyaning yer osti harbiy sanoat ob’ektlarining aksariyat qismi Chagang provinsiyasida joylashgan boʻlib, jumladan, ularning ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqarishning bir qismi ham shu provinsiyada joylashgandir.

Kanggye – Chagang provinsiyasining markazi hisoblanadi. Viloyat va mamlakatning asosiy yogʻochni qayta ishlash zavodlaridan biri Kanggye shahrida joylashgan.

Huichon provinsiyadagi eng rivojlangan shahardir. Uning rivojlanish tarixi Koreya urushidavriga toʻgʻri keladi, oʻshanda u alohida va asosiy jang maydonlaridan biri hisoblangan boʻlib, uzoqda joylashgani uchun sanoat shaharlaridan biriga aylangan.

Chagang Shimoliy Koreya 1945-yilda ozod qilinganidan keyin ham kam rivojlangan va izolyatsiya qilingan provinsiyalardan biri boʻlgan. Viloyat dehqonchilik qilish uchun qiyin sharoitda boʻlib, dehqonlar tirikchilik uchun togʻlik yerlarni haydab dehqonchilik qilishga majbuur boʻlishgan.

Hozirgi vaqtda dehqonchilik asosan chorvachilik bilan bogʻliq,bunga bir misol Hungju firmasidir.

Viloyat turizmi Chagang provinsiyasi bir muncha vaqt Shimoliy Koreyada sayyohlar bora olmaydigan yagona viloyat hisoblangan. Sayyohlarga ruxsat berilmaganligining asosiy sababi, viloyatning qurol va yadroviy qurol zavodlari va maydonlari joylashganligi bilan bogʻliq boʻlgan. 2019-yil aprel oyigacha Chagang provinsiyasida sayyohlar uchun ochiq boʻlgan yagona qism Huichon mehmonxonasi edi.

Biroq, 2019-yil aprel oyida provinsiya sayyohlar uchun ochilgan va ular Manpo shahriga borishlari mumkin boʻlgan. Shahar Xitoy daryosining roʻparasida joylashgan.

Kichik va oʻrta elektr stantsiyalari Provinsiya mamlakatning energetika bazasiga aylantirilib, Kangye yoshlar elektr stansiyasi, Unbong elektr stansiyasi, Jangjagang elektr stansiyasi va boshqa yirik GESlar qurilgan.

Provinsiya 90-yillardan boshlab mahalliy hokimiyat burchi sifatida koʻplab kichik va oʻrta elektr stantsiyalarini qurgan. Ularni qurishda toʻgʻon,suv yoʻli,raf va shlyuzlar qoʻllangan samarali usullardan foydalanilgan.

Ishlab chiqarish quvvatini keskin oshirish maqsadida mahalliy texnik mutaxassislar tomonidan quvvati 2 kVt dan 70 kVt gacha boʻlgan kichik gidravlik turbinalar ishlab chiqarilgan.

Maʼmuriy boʻlinmalari Chagang 15 okrug va 3 shaharga boʻlingan.

NomiChosongulHanjaAholisi(2008)BoʻlinmalariShaharlariHuichon희천시熙川市168,18021 dong, 12 riKanggye (capital)강계시江界市251,97134 dong, 2 riManpo만포시滿浦市116,76011 dong, 15 riOkruglariChanggang okrugi장강군長江郡54,6011 up, 3 rodongjagu, 10 riChasong okrugi자성군慈城郡50,9391 up, 1 rodongjagu, 15 riChonchon okrugi전천군前川郡106,3111 up, 5 rodongjagu, 11 riChosan okrugi초산군楚山郡43,6141 up, 18 riChunggang okrugi중강군中江郡41,0221 up, 1 rodongjagu, 8 riHwapyong okrugi화평군和坪郡42,1831 up, 3 rodongjagu, 10 riKopung okrugi고풍군古豐郡31,5721 up, 12 riRangrim okrugi랑림군狼林郡36,4811 up, 2 rodongjagu, 14 riRyongrim okrugi룡림군龍林郡32,7271 up, 12 riSijung okrugi시중군時中郡41,8421 up, 14 riSonggan okrugi성간군城干郡92,9521 up, 5 rodongjagu, 9 riSongwon okrugi송원군松原郡38,0511 up, 12 riTongsin okrugi동신군東新郡47,4601 up, 14 riUsi okrugi우시군雩時郡42,9191 up, 1 rodongjagu, 22 riWiwon okrugi위원군渭原郡60,2451 up, 2 rodongjagu, 20 ri

Havolalar