Bachadon boʻyni stenozi bachadon boʻyni ochilish teshigi (endoservikal kanal)ning normaga nisbatan torayganligini anglatadi Baʼzi hollarda endoservikal kanal butunlay yopiq boʻlishi ham mumkin.

Belgilar Simptomlar bachadon boʻyni kanalining qisman yoki toʻliq obstruksiya boʻlganligiga va bemorning menopauza holatiga bogʻliq. Menopauzadan oldingi bemorlarda bachadon ichida qon toʻplanishi kuzatilishi mumkin, bu infeksiyaga, vaqti-vaqti bilan qon ketishiga yoki chanoq sohasida ogʻriqlarga olib kelishi mumkin. Bunda bemorlarda bepushtlik va endometrioz xavfi ham ortadiThe Merck Manual Home Edition. Last full review/revision December 2008 by S. Gene McNeeley. Cervical Stenosis.

Bachadon boʻyni stenozi spermatozoidlarning bachadonga oʻtishiga toʻsqinlik qilish hisobiga tabiiy nasl berish qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin. Bepushtlikni davolash jarayonida bachadon boʻyni stenozi bachadon ichida urugʻlantirish yoki in vitro urugʻlantirish muolojalaridan foydalanishni murakkablashtirishi yoki toʻsqinlik qilishi mumkin.

Sabablari Bachadon boʻyni stenozi tugʻma boʻlishi yoki boshqa omillar taʼsirida kelib chiqishi mumkin:

Kolposkopiya, konus biopsiyasi yoki kriojarrohlik amaliyoti kabi bachadon boʻyni boʻylab bajariladigan jarrohlik muolajalari Bachadon boʻyni shikastlanishi Takroriy qin infeksiyalari Menopauzadan keyin bachadon boʻyni atrofiyasi Bachadon boʻyni saratoni Radiatsiya Bachadon boʻyni kistalari

Davolash Bachadon boʻyni stenozini davolash bachadon boʻyni kanalini ochish yoki kengaytirishni oʻz ichiga oladi. Qin orqali tabiiy tugʻruq jarayonidan keyin vaziyat oʻz-oʻzidan yaxshilanishi mumkin. Bachadon boʻyni kanalining vaqtincha kengayishi bachadon boʻyni ichiga kengaytiruvchi vositalarni kiritish orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar stenoz chandiq toʻqimasidan kelib chiqqan boʻlsa, chandiqni kuydirish uchun lazer bilan davolash mumkin. Bachadon boʻyni kanalini jarrohlik orqali kengaytirish bachadon boʻyni toʻqimalarini gisteroskopik qirib olish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ginekologiya