Didar Gurbangeldiyevich Durdyyev (; 1993-yil 16-iyul, Bolqonobod) – Turkmanistonning professional futbolchisi, FC Ahal klubi va Turkmaniston milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Biografiya U Ashxobodning Olimp futbol maktabida futboldan taʼlim olgan. Didar shuningdek, Turkmaniston davlat iqtisodiyot va boshqaruv institutida ham taʼlim olgan. Didar Durdyevning otasi Gurbangeldi ham turkmanistonlik sobiq futbolchi, milliy terma jamoada oʻynagan.

Klub faoliyati U oʻz faoliyatini 2012-yilda „Ahal“ futbol klubida boshlagan. Dastlabki masvumining oʻzida Turkmaniston chempionatining uchinchi toʻpurari boʻlgan (14 gol).

2014-yilda „Oltin Asir“ jamoasi bilan Yoqar Ligada oltin medalni qoʻlga kiritgan va musoboqada ikkinchi toʻpurar boʻlgan (26 gol)„Altyn asyr“ – ýurdumyzyň çempiony. 2015-yilning fevral oyida u „Oltin Asir“ jamoasi tarkibidagi soʻnggi oʻyinini OFK kubogida „Al-Saqr“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi.

2015-yilning mart oyidan „Xazyna“ klubi shartnoma imzoladi.

2020-yil yanvar oyida Durdyev Qozogʻiston birinchi divizioni „Aktobe“ klubida qishki sinov mashgʻulotlarida qatnashdi.

2020-yilning mart oyida u Oʻzbekistonning „Mashʼal Muborak“ klubi bilan shartnoma imzoladiDidar Durdiev pereshel v uzbekskiy „Mashal“. 2020-yil 7-mart kuni Durdiyev Oʻzbekiston Superligasida „Bunyodkor“ ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi. 2020-yil avgust oyida klubni tark etadi.

2021-yil mart oyida Durdyyev „Ahal“ klubiga qaytdiNapadayuщiy Didar Durdiev pereshyol v „Axal“.

Durdyevning Turkmaniston Yokari ligasida masvum davomida 27 ta goli bialn 2022 yilgi chempionat toʻpurari sifatida yakunladi. Buning natijasida Durdyevning jamoasi „Ahal“ klubi tarixda birinchi marta Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritdiDidar Durdiev stal luchshim bombardirom chempionata Turkmenistana po futbolu v sezone-2022.

Milliy terma jamoa 2013-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida Turkmaniston U 22 terma jamoasida oʻynagan.

Durdiyev 2012-yil OFK Chaqiruv kubogida kattalar terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilgi OFK Chaqiruv kubogida Laosga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida gʻalaba qozongan holda ikkita gol urdiAFC Challenge Cup: Turkmenistan 5–1 Laos.

Yutuqlar Ahal FK

Turkmaniston Yokari ligasi : 2022 Turkmaniston kubogi : 2022

Mamlakat

OFK Chaqiruv kubogi: Ikkinchi oʻrin (1): 2012

Manbalar

Havolalar

Didar Durdyýew at GSA

Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:16-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar