Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionati – bu Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan WR Logistics GmbH bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor shaxmat boʼyicha jamoaviy turnir. Turnir 2023 yilning 26-28 avgust kunlari Dyusseldorfda oʼtkazilgan.International Chess Federation (FIDE), 2023. Inaugural World Rapid Team Championship: Registration open for all. https://www.fide.com/news/2354]

Umumiy koʻrinish Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionati shveytsarcha tizim boʼyicha oʼtkazilib, 12 turdan iborat boʼlgan. Turnir qoidalariga koʼra, har bir jamoa tarkibida kamida bir nafar ayol ishtirokchi va bir nafar standart, rapid yoki blits boʼyicha FIDE reytingida 2000 Elo ochkosini qoʼlga kiritmagan ishtirokchi boʼlishi zarur. Bu bilan tashkilotchilar turnirning inklyuzivligi va xilma-xilligini taʼminlashgan.International Chess Federation (FIDE), n.d. Regulations for the FIDE World Rapid Team Championship 2023.https://handbook.fide.com/files/handbook/WRTC2023Regulations.pdf

Ishtirokchilar Chempionat ishtirokchilari orasida sobiq jahon chempionlari, jumladan Vishvanatan Аnand, Vladimir Kramnik, Hou Ifan, Аleksandra Kostenyuk va Mariya Muzichuk, vitse jahon chempionlari, Jahon kubogi gʼoliblari hamda tezkor shaxmat va blits boʼyicha sobiq jahon chempionlari oʼrin oldi.ChessBase, 2023. Star-studded World Team Rapid Chess Championship. https://en.chessbase.com/post/star-studded-world-team-rapid-chess-championship

Butun dunyo boʼylab yigʼilgan 300 ga yaqin ishtirokchi, xususan, 15 dan ziyod olimpiya chempionlari musobaqalarda qatnashish uchun 36 ta jamoaga boʼlinishdi.Chess-Results.com, n.d. 2023 World Rapid Team Championship. https://chess-results.com/tnr802387.aspx +Eng yuqori baholangan ishtirokchilarMuvaffaqiyatO'yinchiJamoaReyting, Rapid(01.08.2023)International Chess Federation (FIDE), n.d. Top chess players. [https://ratings.fide.com/]Klassik shaxmat bo'yicha sobiq jahon chempionlariGreen, N., 2023. All The World Chess Champions. https://www.chess.com/article/view/world-chess-championsVishvanatan АnandFreedom2751Vladimir KramnikChess pensioners2739Hou IfanWR Chess2537Аleksandra KostenyukWR Chess2523Mariya MuzichukAshdod Elit Chess Club2470Jahon chempionatida ikkinchi o'rin sohibiYan NepomnyashiyWR Chess2762Fabiano KaruanaKompetenzakademie Allstars2763Boris GelfandRishon LeZion Chess Club2619Jahon chempionati g'oliblarGreen, N., 2023. All The World Chess Champions. [https://www.chess.com/article/view/world-chess-champions]Levon AronianKompetenzakademie Allstars2763Peter SvidlerChess pensioners2737Yan-Kshishtof DudaWR Chess27602022 yilgi ayollar o'rtasidagi blits bo'yicha jahon chempioniHarding, T., 2016. A Brief History of Fast Chess. https://web.archive.org/web/20170103172317/https://worldchess.com/2016/12/25/a-brief-history-of-fast-chess/Bibissara AssaubayevaUzbekistan2432Rapid bo'yicha sobiq jahon chempionlariInternational Chess Federation (FIDE), 2016. The winners of FIDE World Rapid & Blitz Championships. https://old.fide.com/component/content/article/1-fide-news/9975-the-winners-of-fide-world-rapid-a-blitz-championships.htmlNodirbek AbdusattorovWR Chess2724Daniil DubovFreedom2723Blits bo'yicha sobiq jahon chempionlariMaksim Vashier-LagraveASV AlphaEchecs LINZ2762Aleksandr GrishukASV AlphaEchecs LINZ2724Leyner DomingesChess pensioners2705Yekateriyna LagnoASV AlphaEchecs LINZ2483

Sevimlilar va diqqatga sazovorlar FIDE hali chempionat boshlanmasdanoq tarkibi va oʼrta arifmetik reytingni hisobga olib, quyidagi jamoalarni eng kuchlilar va favoritlar sifatida e’tirof etdi:International Chess Federation (FIDE), 2023. Düsseldorf hosts the inaugural World Team Rapid Championship. https://www.fide.com/news/2548

Freedom (Richard Rapport, Vishvanatan Anand, Daniil Dubov, Santosh Gujrati Vidit, Evgeniy Najer, Polina Shuvalova, Aleksandr Shapiro); WR Chess (Yan Nepomnyashiy, Yan-Krshishtof Duda, Uesli So, Nodirbek Abdusattorov, Vinsent Keymer, Pragnanandha, Hou İfan, Aleksandra Kostenyuk, Vadim Rosenshteyn); Kompetenzakademie Allstars (Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Gukesh D, Sebastyan Siebrecht, Nino Batsiashvili, Keti Tsatsalashvili, Rayner Bekker, Manfred Shnayder); Chess Pensioners (Vladimir Kramnik, Peter Svidler, Leyner Dominges, Darmen Sadvakasov, Yovanka Xouska, Kristof Barati, Dennis Koenig, Miron Ananiev, Yaroslav Ananiev).

Format va qoidalar Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy jahon chempionatida shveytsarcha tizim asosidagi jamoaviy format qo‘llanildi. Jamoalar 6-9 ishtirokchidan iborat bo‘ldi. O‘yin davomiyligi har bir yurish uchun 10 soniya bilan 15 daqiqani tashkil etdi. Har bir raundda ochkolarni hisoblash tizimi jamoalarga g‘alaba uchun 2 ochko, durrang uchun 1 ochko yozadi. Mag‘lubiyat uchun ochko hisoblanmaydi. Eng ko‘p ochko yig‘gan jamoa rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Mukofot fondi Chempionatning umumiy sovrin jamg‘armasi 250 000 yevro etib belgilandi. Turnir yakuniga ko‘ra bittadan ortiq jamoa go‘lib bo‘lsa sovrin ular o‘rtasida teng taqsimlanar edi.Schach in Deutschland, 2023. FIDE World Rapid Team Championship in Düsseldorf: Freiwillige gesucht! - Deutscher Schachbund. https://www.schachbund.de/news/fide-world-rapid-team-championship-in-duesseldorf-freiwillige-gesucht.htmlEnglish Chess Federation, 2023. World Rapid Team Championship. https://www.englishchess.org.uk/new-world-rapid-team-championship +Sovrin jadvali O'rin Jamoa mukofoti 1-o‘rin 100 000 yevro 2-o‘rin 60 000 yevro 3-o‘rin 40 000 yevro 4-o‘rin 25 000 yevro 5-o‘rin 12 500 yevro “2400 dan kam” 1-o‘rin 12 500 yevro Jami 250 000 yevro

Jadval Turnir uch kundan ortiq davom etdi. Sana Tadbir Boshlanish vaqti 26 avgust Texnik uchrashuv 10:30 Ochilish marosimi 13:00 1-tur 13:30 2-tur 15:30 3-tur 17:30 4-tur 19:30 27 avgust 5-tur 13:30 6-tur 15:30 7-tur 17:30 8-tur 19:30 28 avgust 9-tur 13:30 10-tur 15:30 11-tur 17:30 12-tur 19:30 Yakunlash marosimi 21:00

Natijalar Rapid boʼyicha FIDE jamoaviy inauguratsion jahon chempionatida 12 ta matchda ikkita durrang va 10 ta g‘alaba orqali 22 ochko to‘plagan “WR Chess” jamoasi g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni 20 ochko yig‘gan “Freedom”, uchinchi o‘rinni 18 ochko bilan “MGD1” jamoasi egalladi. To‘rtinchi pog‘onaga “Armenia” jamoasi ko‘tarilgan bo‘lsa, beshinchi o‘rinni “Germany and Friends” jamoasiga nasib etdi.International Chess Federation (FIDE), 2023. WR Chess triumphs as inaugural FIDE World Rapid Team Champions. https://www.fide.com/news/2616

Reytingda birinchi o‘rinni egallab turgan “Freedom” jamoasi bilan kechgan musobaqada “WR Chess” raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu raundda Yan-Krshishtof Duda, Pragnanandha, Hou Ifan va Vadim Rozenshteyn g'alaba qozongan bo'lsa, Uesli So va Yan Nepomnyashiy mos ravishda Vishi Anand va Daniil Dubov bilan o'yinda durrangga erishdilar.

Shiddatli “Columbus Energy KingsOfChess Kraków” jamoasi 2400 ballgacha reyting toifasida birinchi o'rinni egalladi. Bundan tashqari, gessenlik o'n bir yoshli vunderkind Christian Glöckler yosh o'yinchilar o'rtasidagi eng yaxshi o'yin uchun maxsus mukofotga sazovor bo'ldi. #JamoaO'yinlarO'yin ochkolariTB1TB21WR Chess1222702512Freedom1220582.546.53Team MGD11218628.547.54Armenia1217544.5445Germany and Friends121553339.56ASV AlphaEchecs Linz1214549457Columbus Energy KingsOfChess Kraków121448241.58Berlin Chess Federation1214449.537.59Six-pack121349739.510Chess Pensioners1213485.537.511KompetenzakademieAllstars12134734112Chessbrah OFM1213465.54313Ashdod Elit Chess Club121344837.514FIDE Management Board121342538.515Düsseldorfer Schachklub 1914/25 e.V.121341439.516Team Chessemy.com12133563517Rishon LeZion Chess Club121245140.518Schachverein Hemer121236434.519Doppelbauer Kiel1212353.53720The Sharks12123533621Kenya Commercial Bank Chess Club12122843722Chess Wizzards12122683723Mitropa Chess Association1212249.536.524Blerickse Schaakvereniging1212230.53525Deutsche Schachjugend 11211336.53126Ukrainian Amators1211302.529.527Wensing & Pöbel12112863128Aachener Schachverein von 1856121127433.529PhileKhoob Chess Club1211257.53630Africa1210338.533.531Heilbronn Hustlers1210289.533.532École Polytechnique Française de Lausanne1282443433Neustadt Weinstraße12619027.534MagdeBurg and Friends126141.52235Deutsche Schachjugend 2122581036Unischach Bayreuth121148.517

Manbalar

Turkum:Shaxmat boʻyicha jahon chempionatlari