Nurafshon Prezident maktabi („Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida Nurafshon shahridagi Prezident maktabi) – 2021-yil Nurafshon shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga 2021–2022-oʻquv yilida maktabga 7 mingdan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan.
Ochilish tarixi Nurafshon shahrida 2021-yil ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Mazkur taʼlim muassasasi 2 qavatli boʻlib, 168 oʻringa moʻljallangan. Dastlab 7 ming nafar maktab bolalari oʻquvchi boʻlish istagida imtihon topshirgan. Shundan 144 nafari saralab olingan. Oʻquvchilarga taʼlim berish uchun 20 nafar tajribali pedagoglar jalb qilingan, shulardan 2 nafari xorijlik mutaxassislar hisoblanadi.
Yaratilgan sharoitlari Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Ya'ni davlat hisobidan o'quvchilarga netbuklar ham taqdim etiladi. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan.
Yana qarang Prezident maktablari Prezident maktabi (Andijon) Prezident maktabi (Fargʻona) Prezident maktabi (Namangan) Prezident maktabi (Navoiy) Prezident maktabi (Buxoro) Prezident maktabi (Termiz) Prezident maktabi (Guliston) Prezident maktabi (Jizzax) Prezident maktabi (Samarqand) Prezident maktabi (Toshkent) Prezident maktabi (Xiva) Prezident maktabi (Qarshi) Prezident maktabi (Nukus) Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi prezident maktablari Turkum:Prezident maktablari Turkum:Toshkent viloyati oʻquv yurtlari