Xristo Periklovich Taxchidiy (1953-yil 13-yanvar, Sirdaryo viloyati, Oʻzbek SSR) – rossiyalik oftalmolog, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi.
Biografiyasi Xristo Periklovich Taxchidiy 1952-yil 13-yanvarda Sirdaryo viloyatining Mirzachoʻl tumanida istiqomat qiluvchi yunon millatiga mansub oilada tugʻilgan. Uning bobosi Turkiyaning shimoliy qismida tugʻilgan boʻlib, Trapezund imperiyasida yashagan yunonlarning avlodlari boʻlgan. 1949-yilgi surgunlar davrida Xristo Taxchidiyning ota-onasi Oʻrta Osiyoga surgun qilingan.
Xristo Taxchidiy 1976-yilda Sverdlovsk davlat tibbiyot institutining davolash ishi fakultetini tamomlagan. 1970-yildan 1982-yilgacha xuddi shu institutda koʻz kasalliklari kafedrasi dotsenti yordamchisi, keyinchalik esa dotsenti sifatida faoliyat yuritgan. 1982—1986-yillarda esa tibbiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 1983-yilda oftalmologiya boʻyicha nomzodlik, 2001-yilda koʻz kasalliklarini davolashda mikrojarrohlik texnologiyalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1987-yildan 2001-yilgacha Fyodorov nomidagi koʻz mikroxirurgiyasi kompleksining Yekaterinburgdagi filiali direktori boʻlgan.
Xristo Taxchidiy bir qator xorijiy oftalmologik jamiyatlarning aʼzosi, Butunrossiya oftalmologlar jamiyati boshqaruvi Kengashi aʼzosi boʻlgan. 2003-yilda u professorlik darajasiga erishgan.
Xristo Taxchidiy 2002—2011-yillarda Yevkidimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti koʻz kasalliklari kafedrasi mudiri boʻlib ishlaganOfitsialnie itogi viborov v RAN . 2013-yildan boshlab esa Rossiya milliy tadqiqot universitetining tibbiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida ishlay boshlagan.
Mukofotlari Xristo Taxchidiy 2001-yilda Yevropa jarrohlar jamiyati tomonidan, 2002-yilda esa Yunoniston oftalmologiya jamiyati tomonidan maxsus mukofotlar bilan mukofotlangan. 2005-yilda Rossiya hukumatining fan va texnika sohasidagi mukofoti bilan taqdirlangan. 2019-yil 15-noyabrda Rossiya fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.
Manbalar
Turkum:Sirdaryo viloyatida tugʻilganlar Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari Turkum:Rossiya fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari Turkum:Rossiyalik oftalmologlar