Sanjar Jumaboyev (2002-yil 17-iyun, Angren, Toshkent viloyati) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Belarusning „Isloch“ klubida oʻynagan. Hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
AGMK Toshkent futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. 2020-yilda u Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va klubning yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan. 2021-yilda futbolchi asosiy jamoa bilan birga OChL guruh bosqichi oʻyinlarida ishtirok etgan. U klubdagi debyutini 2021-yil 24-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining „Shabab Al Ahli“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 51-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. Keyinchalik futbolchi klubning yoshlar jamoasida oʻynashni davom ettirgan.
Isloch 2023-yil sentyabr oyida futbolchi Belarusning Isloch klubiga oʻtdi va u bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Manbalar
Havolalar
Sanjar Jumaboyev OʻzPFL saytida futbolchi profili Sanjar Jumaboyev Transfermarkt saytida Sanjar Jumaboyev Soccerway saytida
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:17-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angrenda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:FC Isloch Minsk Raion futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari