Sergey Tokov (, 1981-yil 1-sentabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi. Urganchning „Xorazm“ jamoasining bosh murabbiyi.

Faoliyati Futbolchilik faoliyati Sergey Tokov oʻz faoliyatini markaziy va chap qanot himoyachisi sifatida boshlagan. Oʻzbekiston klublarda va Hindiston I-League jamoalarida oʻynagan. 2000—2001-yillarda „Traktor“ klubi tarkibida 10 oʻyinda ishtirok etgan. 2005-yili „Navbahor“ klubi tarkibida 2 oʻyin oʻtkazgan. 2006-yilda „Dinamo“ klubi tarkibida 13 oʻyinda maydonga tushib 2 ta gol urgan. Shu yili „Navbahor“ klubida 14 oʻyinda maydonga tushib 1 ta gol urgan. 2007-yili „Dinamo“ klubi tarkibida 27 oʻyin oʻtkazdi. 2008-yilda „AGMK“ klubi tarkibida 17 oʻyinda maydonga tushgan. 2009-yilda „Dinamo“ klubi tarkibida 8 oʻyinda maydonga tushgan. 2009—2010-yillarda Hindiston I-League klublari – „Pune FC“ va „United SC“ klublari tarkibida maydonga tushgan. 2011-yili „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan va shu klubda karyerasini yakunlagan.

Murabiylik foaliyati Murabbiylik faoliyatini NBU-Osiyo klubida yordamchi murabbiy sifatida boshlagan. 2013-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Oqtepa“ klubi bilan bosh murabbiyi, akasi Aleksandr Tokovga yordamchi sifatida shartnoma imzolagan. Oqtepa jamoasida 2021-yilgi mavsumgacha faoliyat olib bordi. 2016—2018-yilgi mavsumlarda „Paxtakor“ akademiyasida katta murabbiy sifatida faoliyat olib borgan va bir qator mahalliy turnirlar gʻolibi boʻlgan. 2023-yilgi mavsum boshida faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchsi „Surxon“ klubida bosh murabbiy boʻlgan.

2026-yil 24-yanvarda Urganchning „Xorazm“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Manbalar

Havolalar

Sergey Tokov OʻzPFL sayti

Sergey Tokov Goal.com saytida Sergey Tokov Transfermarkt saytida Sergey Tokov Footballfactsru saytida Sergey Tokov Playersfootball saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentlik kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Oqtepa klubi murabbiylari Turkum:Xorazm klubi murabbiylari