Karamova Komila Zaydullayevna () – oʻzbek davlat arbobi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari, Qashqadayro viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi. Qarshi shahar ijroiya qoʻmitasi mas’ul kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston XDP Qarshi shahar Kengashi raisi, „Nasaf“ gazetasining bosh muharriri. „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibasi.
Biografiyasi Karamova Komila Zaydullayevna 1960-yil 20-oktyabrda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi. 1982-yil Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 1988-yil Toshkent Oliy partiya maktabini (kunduzgi) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: jurnalist, siyosatshunos. 2021-yil „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan.
Mehnat faoliyati: 1982—1986-yillar – Nishon tumani gazetasi muharririning oʻrinbosari
1986—1988-yillar – Toshkent Oliy partiya maktabi tinglovchisi
1988—1991-yillar – Oʻzbekiston Kompartiyasi Qarshi shahar qoʻmitasining yoʻriqchisi
1991—1994-yillar – Qarshi shahar ijroiya qoʻmitasi mas’ul kotibi
1994—1995-yillar – Qarshi shahar Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi
1995—2007-yillar – Oʻzbekiston XDP Qarshi shahar Kengashi 2-kotibi, raisi oʻrinbosari
2007—2010-yillar – Oʻzbekiston XDP Qarshi shahar Kengashi raisi, „Nasaf“ gazetasining bosh muharriri
2010—2014-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi
2015—2020-yillar – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi
2020—2022-yillar – Qashqadaryo viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari (viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi)
2022-2024-yillar Qashqadaryo viloyati hokimi oʻrinbosari-oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi.
2024-yildan hozirgi vaqtgacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari.
Manbalar
Turkum:Qarshida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:O‘zbekistonlik jurnalist ayollar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari