Abdulla Qahramonjon oʻgʻli Abdullayev (1997-yil 1-sentyabrda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Navbahor klubi futbolchisi. Yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp tepadi.

Futbolchilik faoliyati Abdulla Abdullayev futbolchilik faoliyatini Bunyodkor klubining yoshlar tizimidan boshlagan. Professional jamoalardagi debyutini 2015-yilda „Bunyodkor-2“ jamoasida oʻtkazgan. Oʻzbekiston Superligasidagi ilk debutini Toshkentning Bunyodkor klubi safida 2017-yilda oʻtkazgan. Bunyodkor klubi safida 5 yil davomida toʻp surdi va 2019-yilda „qaldirgʻochlar“ bilan birgalikda Oʻzbekiston Superligasi bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2022-yilgi mavsum oldidan „AGMK“ klubiga oʻtdi. Olmaliq jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida oʻynadi. Bu davr muobaynida Abdullar AFC Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etdi va jamoasi bilan birgalikda 2023-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib borgan.

2023-yil 8-sentyabrda BAAning Khor Fakkan klubi bilan shartnoma imzoladi. 2024-yil yozgi transfer oynasida BAA jamoasini tark etdi va Oʻzbekistonga qaytdi. 2024-yil 15-iyulda Paxtakor klubi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

2026-yil 13-iyul kuni Navbahor klubi Abdulla Abdullayevni oʻz safiga qoʻshib oldi.

Terma jamoadagi faoliyati Abdulla Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalarining bir qator yosh toifalarida oʻynagan. Kattalar safidagi ilk debyutini 2021-yilda Srečko Katanec murabbiyligi ostida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.

Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar Abdulla Abdullayev OʻzPFL sayti Abdulla Abdullayev Transfermarkt sayti Abdulla Abdullayev Soccerway sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Bunyodkor-2 klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Khor Fakkan Club futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dibba Al Fujairah FC futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari