Axmetjon Atajanovich Mamatov (1962-yil, Paxtaorol tumani, Chimkent viloyati, Qozogʻiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, iqtisod fanlari doktori, professor. Biografiyasi Axmetjon Mamatov 1962-yilda Chimkent viloyatining Paxtaorol tumani Sverdlov qishlogʻida tugʻilgan. 1986-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi, siyosiy iqtisod fani oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Oʻzining mehnat faoliyatini 1986-yildan Sirdaryo davlat pedagogika instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi laboranti lavozimidan boshlab, 1987—1988-yillarda kafedra oʻqituvchisi, 1988—1991-yillarda Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti aspiranti, 1992—1995-yillarda Guliston davlat universiteti „Iqtisodiy nazariya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1995—1998-yillarda Toshkent davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti doktoranti, 1999-yildan Guliston davlat universiteti „Menejment“ kafedrasi mudiri, 2000-yildan iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2000—2007-yillar va 2010-2017-yillarda Guliston davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 2017-yildan Toshkent Moliya instituti „Iqtisodiyot“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. Oilasi Oilali. 4 nafar farzandi bor. Ilmiy faoliyati 1992-yilda „Valovoy doxod predpriyatiy i osobennosti vzaimootnosheniy predpriyatiy s obshestvom“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida „Shakllanayotgan bozor munosabatlari tizimida yalpi ichki mahsulot“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 2017-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 6 ta monografiya, 8 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta darslik, 8 ta risola, 18 ta oʻquv-uslubiy majmua, 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Manbalar

Havolalar Axmetjon Mamatov Google Scholar

Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Dekanlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari