2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun toʻqqizta shahar tomonidan topshirilgan arizalar Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tomonidan qabul qiligan. Qoʻmita ulardan beshtasini – London, Madrid, Moskva, Nyu York va Parij shaharlarini saralangan qisqa roʻyxatga kiritgan, keyinchalik esa ular orasida London shahri gʻalaba qozongan va Olimpiada tarixida 3-marotaba ushbu nufuzli musobaqaga mezbonlik qiluvchi shaharga aylangan. 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogarlik qilish jarayoni XOQ tarixidagi eng qizgʻin bahslardan biri hisoblanadi. Saralash jarayoni davomida baʼzilar Parij shahrini musobaqa oʻtkazilishi uchun eng munosib shahar deya koʻrsatgan, ammo Londonda oʻtkazilishi tarafdorlari tomonidan ishlatilgan mohirona usullar va Sebastian Coening ilhomlantiruvchi yakuniy taqdimoti ushbu taklifning muvaffaqiyatli tasdiqlanishiga sabab boʻlgan.

Qoʻmitaga kelib tushgan toʻqqizta shahar arizalari XOQ aʼzolari tomonidan texnik jihatdan baholangach, ular ichidan eng yaxshi beshta shahar 2004-yil 18-mayda rasmiy nomzodlar roʻyxatiga kiritildi. Qolgan shaharlar – Gavana, Istanbul, Leipzig va Rio-de-Janeyro tomonidan topshirilgan arizalar esa rad etildi. Beshta nomzod shahardan toʻrttasi dunyoga mashhur poytaxt shaharlar boʻlgani sababli ham koʻpchilik yakuniy tender bosqichi natijalariga katta qiziqish bildirdi. Dastlab Parij va Madrid shaharlari ariza topshirish bosqichida eng yuqori ballarni qoʻlga kiritdi, 2005-yil boshida oʻtkazilgan nomzod shaharlarni sinchiklab baholash ishlari esa aynan Parij va London shaharlarini final bosqichiga yaqinlashtirdi. Raqobat yakuniy ovoz berish jarayonlari yaqinlashgani sari keskinlashib boraverdi. Olimpiada oʻyinlari uchun mezbonlik qiluvchi shaharni tanlab olish toʻrt bosqichdan iborat saylov jarayonlarida hal qilinadi. 2005-yil 6-iyulda (XOQning Singapurda boʻlib oʻtgan 117-sessiyasida) Moskva, Nyu York va Madrid nomzodlari birinchi uch bosqichning oʻzida roʻyxatdan chiqarib yuborildi. Yakuniy toʻrtinchi bosqichda London Parij ustidan toʻrt ovoz farqi bilan gʻalaba qozonadi va 2012-yilgi Yozgi Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqini qoʻlga kiritdi.

Saylovdan keyingi bir oy ichida „Parij 2012“ delegatsiyasi aʼzolari „London 2012“ delegatsiyasi XOQ qoidalarini buzgan deya shikoyat bildirdi. „London 2012“ delegatsiyasining Olimpiadadagi ishtirokini muvaffaqiyatsiz yakunlagan sportchilarni ham ragʻbatlantirish tashabbusi va Britaniyaning oʻsha paytdagi Bosh vaziri Tony Blairning saralash bosqichi davomidagi ayrim harakatlari ayblovning asosiy mazmuni boʻlgan. XOQ prezidenti Jacques Rogge tomonidan berilgan ochiq bayonotda Londonga qoʻyilgan barcha ayblovlar rad etildi va saylov adolatli oʻtgani taʼkidlandi. Bundan tashqari, tender jarayonida yana bir mojaro yuzaga keldi. Britaniyaning „Panorama“ koʻrsatuvi tomonidan olib borilgan yashirin tergov natijasida XOQ aʼzosi Ivan Slavkov Olimpiya agentlari bilan bogʻliq korrupsiya mojarosi fosh etildi. Ular 2012-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun har qanday nomzod shahar foydasiga ovozlarni taʼminlab berish evaziga moliyaviy imtiyozlar talab qilganlikda ayblangan. Shu vaqtga qadar Salt Lake City mojarosi taʼsirida boʻlib kelayotgan XOQ qoidalarni buzgan ushbu shaxslarga nisbatan zudlik bilan jazo choralarini koʻrgan.

Taklif berish jarayoni Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish huquqi uchun oʻtkaziladigan tanlov jarayoni Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) tomonidan Xalqaro olimpiya qoʻmitasiga (XOQ) ariza berishdan boshlanadi va navbatdagi sessiyada XOQ aʼzolari tomonidan mezbon shaharni saylash bilan yakunlanadi. Ushbu jarayon Olimpiya xartiyasining 5-bob, 34-qoidasi bilan tartibga solinadi.

1999-yildan boshlab ariza topshirish jarayoni ikki bosqichda tashkillashtiriladi. Takliflarni topshirishning oxirgi muddati tugagandan soʻng boshlanuvchi birinchi bosqichda ariza beruvchi shaharlar (bundan buyon „nomzod shaharlar“ deb yuritiladi) oʻyinlarni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun muhim boʻlgan mavzularni oʻz ichiga oluvchi soʻrovnomaga javob berishlari kerak. Bu maʼlumotlar orqali XOQ shaharlarning musobaqaga mezbonlik qila olish imkoniyatlarini hamda rejalarining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qiladi. Taqdim etilgan soʻrovnomalar va hisobotlar batafsil oʻrganib chiqilganidan soʻng, XOQ Ijroiya kengashi keyingi bosqichga oʻtish huquqiga ega boʻlgan shaharlarni tanlab oladi. Ikkinchi bosqich haqiqiy nomzodlik bosqichidir: ushbu bosqichga oʻtgan nomzod shaharlar XOQga kengaytirilgan, batafsilroq, nomzodlik fayli shaklidagi ikkinchi soʻrovnomani topshirishlari kerak. Ushbu fayllar XOQ Baholash komissiyasi, XOQ aʼzolari, xalqaro sport federatsiyalari, MOQ vakillari, sportchilar, Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi va turli sohalarda faoliyat olib boruvchi xalqaro darajadagi ekspertlardan iborat ishchi guruh tomonidan diqqat bilan oʻrganiladi. Baholash komissiyasi aʼzolari har bir nomzod shaharga toʻrt kunlik tekshiruv tashriflarini amalga oshiradilar, ular musobaqa oʻtkazilishi uchun taklif etilgan joylarni tekshiradilar va nomzodlik faylida yoritilgan mavzular toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaydilar. Baholash komissiyasi oʻz tekshiruvlari natijalarini XOQ aʼzolariga qoʻmitaning saylov sessiyasidan bir oy oldin yuboriladigan hisobotida keltiradi.

Olimpiadani oʻtkazish uchun ariza topshirmagan mamlakatlardan birida mezbon shahar saylanadigan XOQ sessiyasi boʻlib oʻtadi. Saylov XOQning faol aʼzolari (faxriy aʼzolar bundan mustasno) tomonidan oʻtkaziladi, ularning har biri bitta ovozga ega boʻladi. Saylovda ishtirok etayotgan nomzod shahar (mamlakat) aʼzolari ovoz berish jarayonida ishtirok eta olmaydi. Ovoz berish jarayoni ketma-ket bosqichlarda amalga oshiriladi va faqatgina biror nomzod shahar mutlaq koʻpchilik ovozini qoʻlga kiritgandagina yakunlanadi. Agar birinchi bosqichda bu natija qayd etilmasa, eng kam ovoz toʻplagan nomzod tanlovdan chiqariladi va navbatdagi ovoz berish bosqichi boshlanadi. Eng kam ovozlar soni teng boʻlgan taqdirda, maxsus ikkinchi bosqich oʻtkaziladi va ushbu bosqichdagi gʻolib shahar keyingi bosqichga yoʻl oladi. Har bir bosqichdan soʻng, bekor qilingan nomzod shahar nomi eʼlon qilinadi. Yakuniy bosqichda gʻolib boʻlgan nomzod shahar nomi ham eʼlon qilinganidan soʻng, ushbu shahar delegatsiyasi XOQ bilan „Mezbon shahar shartnomasi“ni imzolaydi, bu esa oʻyinlarni tashkil etish mas’uliyatini shaharga va tegishli MOQga yuklaydi.

Ariza beruvchi shaharlarni baholash 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2003-yil 15-iyul etib belgilangan edi. Ushbu sanaga qadar arizalarini topshirgan toʻqqizta shahar uchun belgilangan birinchi bosqich soʻrovnomasini topshirishning oxirgi muddati 2004-yil 15-yanvarga toʻgʻri kelgan. Anketalarni tahlil qilish orqali XOQ soʻrovnomadagi oʻn bitta mavzusining har biri: siyosiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, umumiy infratuzilma, sport maydonchalari, Olimpiya shaharchasi, atrof-muhit, turar-joy, transport, xavfsizlik, bundan oldingi musobaqalarni oʻtkazish tajribasi, moliya va meros boʻyicha olingan ballar asosida har bir shaharga oʻrtacha ball beradi. Agar nomzod shahar toʻplagan ball oltidan yuqori boʻlsa (XOQning oldindan belgilangan mezon koʻrsatkichi), shahar oʻyinlarni oʻtkazish imkoniyatiga ega deb hisoblanadi, aksincha boʻlgan taqdirda, uning imkoniyatlari juda zaif deb topiladi. 2004-yil 18-mayda XOQ nomzod sifatida qabul qilingan shaharlar nomlarini eʼlon qilgan:

Parij – 8.5 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Parij taklifi) Madrid – 8.3 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Madrid taklifi) London – 7.6 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun London taklifi) Nyu York – 7.5 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Nyu York taklifi) Moskva— 6.5 ball (2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Moskva taklifi) Leipzig – 6.0 ball Rio-de-Janeyro – 5.1 ball Istanbul – 4.8 ball Gavana – 3.7 ball

+2012-yilgi ariza beruvchi shaharlarning musobaqani oʻtkazish sifati va maqsadga muvofiqligini baholash uchun XOQ Ishchi guruhi tomonidan baholangan ballar jadvaliMezonlarWeightParijLeipzigNyu YorkMoskvaIstanbulGavanaLondonMadridRio-de- JaneyroMinMaxMinMaxMinMaxMinMaxMinMaxMinMaxMinMaxMinMaxMinMaxTurar-joy510.010.05.25.510.010.06.27.45.96.53.34.110.010.07.98.45.05.6Atrof-muhit sharoitlari va taʼsiri26.68.67.49.05.07.64.67.64.67.65.07.07.28.67.28.65.27.6Bundan oldin oʻtkazilgan sport musobaqalaridan olingan tajriba27.69.04.86.86.28.04.67.03.46.03.05.64.86.86.07.45.07.6Moliya36.08.06.88.55.07.54.47.24.26.13.85.46.08.06.08.03.06.7Umumiy infratuzilma56.87.84.05.55.37.04.86.82.74.11.53.25.37.07.58.53.14.6Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, huquqiy masalalar, jamoatchilik fikri37.28.07.28.06.27.16.77.57.27.97.07.76.57.27.58.37.07.7Olimpiya shaharchasi36.88.36.38.25.37.76.68.04.26.34.36.45.58.07.38.76.38.2Umumiy loyiha va meros38.09.04.07.05.08.05.07.03.05.02.05.06.08.08.09.04.06.0Xavfsizlik va qoʻriqlash37.38.36.47.46.37.25.26.43.44.63.04.06.77.76.47.43.94.8Sport inshootlari46.78.05.27.16.27.75.27.14.36.03.75.45.27.17.48.74.97.0Transport36.58.05.47.84.56.74.16.23.45.12.74.84.86.77.99.03.65.7Umumiy oʻrtacha ball8.56.07.56.54.83.77.68.35.1 Eng yuqori ball toʻplagan besh nomzod keyingi bosqichga oʻtib, rasman nomzod shahar maqomini olgan. XOQ tomonidan belgilanganidek, ularga oʻz nomzodlik emblemasida Olimpiya ramzlaridan foydalanish huquqi beriladi va ularning har biriga „Nomzod shahar“ yozuvi tushirilgan yorliq taqdim etiladi.

Nomzod shaharlarni baholash 2004-yil 15-noyabrga kelib, barcha nomzod shaharlar XOQga nomzodlik hujjatlarini taqdim etdi. Arizalar XOQ tomonidan maʼlum muddat ichida tahlil qilinganidan soʻng, ushbu shaharlarga XOQning marokashlik aʼzosi Nawal El Moutawakel raisligidagi oʻn ikki kishidan iborat XOQ baholash komissiyasi tashrif buyurdi. Toʻrt kunlik tashriflar 2005-yil 3-fevraldan 17-martgacha boʻlib oʻtdi:

Madrid – 3—6-fevral London – 16—19-fevral Nyu York – 21—24-fevral Parij – 9—12-mart Moskva – 14—17-mart

Tekshiruvlar davomida Parij shahri nomzodligi mavjud ikki muammo sabab muvaffaqiyatsizlikka uchradi: birinchisi – bir qator ish tashlashlar va namoyishlar XOQ baholash komissiyasi tashrifi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi, ikkinchisi – XOQ va Parij delegatsiyasining asosiy aʼzolaridan biri Guy Drutga siyosiy partiya tomonidan moliyaviy korrupsiya ayblovi qoʻyilganligi eʼlon qilingan edi.

2005-yil 6-iyun kuni XOQ tekshiruv guruhi beshta nomzod shaharlar baholangan hisobotlarni eʼlon qildi. Garchi ushbu hujjatlarda ballar yoki reytinglar koʻrsatilmagan boʻlsa-da, Parij shahri boʻyicha berilgan hisobot eng yaxshisi deb topildi. 2004-yilda baholash ishlarining birinchi bosqichida kuzatilgan kamchiliklarning koʻp qismini bartaraf etgan London shahri esa Parijdan keyingi oʻrinni egalladi. Nyu York va Madrid shaharlari boʻyicha hisobotlar ham juda ijobiy baholandi, ular ichida Moskva shahri musobaqani oʻtkazish uchun eng zaif nomzod shahar deb topildi. Xuddi shu kuni Nyu York shahri nomzodligi 2012-yilda shahar markazida joylashgan West Side Stadium qurilishini moliyalashtirishdan bosh tortgani haqidagi xabardan keyin katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Nyu York shahridagi kompaniyalardan biri bir hafta ichida muqobil rejani ishlab chiqqan, ammo yakuniy ovoz berish natijalariga bir oy qolganda shaharning bunday katta oʻzgarishga qoʻl urishi uning saylovda yutish imkoniyatlariga katta salbiy taʼsir koʻrsatdi.