Qosimbek Qavchin — temuriy Umarshayx Mirzoga, oʻlimidan soʻngra oʻgʻli Boburga xizmat qilgan amaldor beklardan biri. Boburnoma asarida uning ismi koʻp satrlarda hurmat bilan tilga olingan. Xususan:

Shayboniyxon qoʻl ostiga boʻlgan Kosonsoyni Qosimbek Qavchin ozod etgan. Bobur Mirzoning eng sodiq beklaridan biriga aylangan bu shaxsga keyinchalik valiahd shahzoda Humoyunni tarbiyasi topshiriladi. Bunday shaxslarga „Bek atka“ degan nom berilgan.

Qosimbek Qavchin shaxsi, shuningdek, mashhur Yulduzli tunlar asarida ham tarixiy qahramon sifatida eslab oʻtiladi.

Manbalar

Turkum:Temuriylarga xizmat qilgan sarkardalar Turkum:1522-yilda vafot etganlar