Dementia 13 (yana bir nomi Haloran Manor) – 2017-yilda rejissiyor Richard LeMay tomonidan suratga olingan AQSh qoʻrqinchili filmi. Filmda Julia Campanelli, Ana Isabelle, Marianne Noscheze, Channing Pickett va Christian Ryan bosh rollani ijro etgan. Bu 1963-yili suratga olingan Dementia 13 filmining qayta ishlangan koʻrinishi. 2022-yil fevral oyi holatiga koʻra, u Chiller Films tomonidan suratga olingan soʻnggi filmdir.

Syujeti Syujet kichkina qizchaning qasoskor arvohi, barchani oʻlimiga sabab boʻlgan sirli qotil va katta qasrda istiqomat qiluvchi oilaning bir necha kun davomida boshdan kechirgan dahshatlari haqida boradi. Va soʻngida film oilaning bir aʼzosidan tashqari barcha aʼzolari halok boʻlishi bilan yakun topadi.

Rollarda

Julia Campanelli Gloria Haloran rolida Ana Isabelle Louise Haloran rolida Marianne Noscheze Billy Haloran rolida Rose Haloran rolida Channing Pickett Christian Ryan John Haloran rolida Anthony Salvador Luis Father Matos rolida Dale rolida Steve Polites Ben van Berkum Kane rolida Roland Sands Arthur rolida

Namoyish etilishi Ushbu film 2017-yilning 6-oktyabrida ilk bor namoyish etilgan.

Qabul Film uchun turli xildagi fikrlar berilgan, baʼzilar uni ijobiy baholagan, baʼzilarda esa aksincha. Mett Boiselle Dread Central uchun yozgan sharhida filmga ikki yarim yulduz bergan: „Umuman olganda, oʻsha paytda yagona boʻlish uchun juda koʻp harakat qilingan filmning ushbu versiyasi, afsuski, avvalgisidan koʻra yaxshiroq deb topilishi uchun yetarli emas. Agar eski versiyani yangisi bilan solishtirilsa, ikkisi ham bir mazmunda, bir xil koʻrinishda“.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2017-yil filmlari Turkum:IMDb identifikatori Vikimaʼlumotlardagisi bilan ayni boʻlgan sahifalar Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Dahshatli filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar