Dmitriy Anatoliyevich Kozachenko (; 1982-yil 11-yanvar, Kiyev, SSSR) – darvozabon ampulasida oʻynaydigan ukrainalik futbolchi. Xalqaro toifadagi sport ustasi (2001-yildan).
Futbolchilik faoliyati Kiyevning „Smena“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiyi – Mixail Labuzov. Dmitriy faoliyatini maydon oʻyinchisi sifatida boshlagan, ammo oradan vaqt oʻtib darvozabonga aylangan.
Professional faoliyatini poytaxtning „Obolon“ klubida boshlagan. Jamoadagi debyutini 1999-yil 17-oktyabrda „Axtyrskiy Neftyanik“ ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan. Shundan soʻng u Poltavaning „Vorskla-2“ va Brovariyaning „Nafkom“ klublarida oʻynagan.
19 yoshida Dmitriy B seriyada oʻynagan Italiyaning „Siena“ jamoasiga oʻtgan, ammo boshqa darvozabonlar bilan raqobatda omadi yurishmagan. Keyin u „Nafkom“ klubiga qaytgan.
2005-yilning qishida darvozabon Zorya Lugansk jamosiga koʻchib oʻtgan. Jamoa tarkibida 62 ta oʻyin oʻtkazgan. 2007-yil fevral oyida u Tavriya Simferopol jamoasiga koʻchib oʻtgan. Dmitriy jamoada bor yoʻgʻi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va erkin agent sifatida Qozogʻistonning „Atirau“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yilning dekabrida Dmitriy klubni tark etgan. 2010-yilda Oʻzbeksiton oliy ligasi vakili Qarshining Nasaf klubi bilan shartnoma imzolagan. Tez orada u birinchi ligaga oʻtgan „Aleksandriya“ klubi bilan shartnoma izmolagan. 2014-yil mart oyida darvozabon Kirovograd Zvezda jamoasiga koʻchib oʻtgan.
2015-yil bahorida darvozabon Magdalinovkaning „VPK-Agro“ havaskorlar klubida oʻynay boshlagan.
2015-yilning yozida Dmitriy Energiya klubiga (Novaya Kaxovka) koʻchib oʻtgan.
Kozachenko penalti tepa oladigan kam sonli ukrainalik faol darvozabonlardan biri hisoblanadi.
Jamoadagi faoliyati 2001-yilda u Pekindagi yozgi Universiadada talabalar jamoasi tarkibida ishtirok etgan va musobaqada Ukraina terma jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Universiada gʻolibi boʻlgach Dmitriy, xalqaro sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.
Shaxsiy hayoti Kozachenko oliy maʼlumotli, u Respublika oliy jismoniy tarbiya maktabini, Pereyaslav-Xmelnitskiy nomidagi pedagogika universitetini tamomlagan. Oilali.
Yutuqlari
OFK kubogi 2011 gʻolibi. 2001-yilda Pekindagi Universiadaning kumush medali sovrindori. 2011-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori. 2010-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori. 2011-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalchisi . 2006-yil Ukraina Birinchi ligasi gʻolibi Ukraina Birinchi ligasining bronza medali sovrindori (2): 2002, 2005. Ikkinchi liga gʻolibi (2): 1999-yil („B“ guruhi), 2001-yil („B“ guruhi).
Manbalar
Havolalar
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:11-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Obolon-2 Bucha futbolchilari Turkum:FC Obolon Kiyev futbolchilari Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:FC Vorskla-2 Poltava futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Siena FC SSD futbolchilari Turkum:SC Tavriya Simferopol futbolchilari Turkum:FC Atirau futbolchilari Turkum:FC Oleksandriya futbolchilari Turkum:PFC Sumi futbolchilari Turkum:FC Nafkom Brovary futbolchilari Turkum:FC Zorya Lugansk futbolchilari Turkum:MFC Mykolaiv futbolchilari Turkum:FC Zirka Kropyvnytskyi futbolchilari Turkum:FC VPK-Agro Shevchenkivka futbolchilari Turkum:FC Enerhiya Nova Kakhovka futbolchilari Turkum:FC LNZ Cherkasy futbolchilari Turkum:FC Shturm Ivankiv futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar