Arman Ken Ella (; 1993-yil 23-fevral Duala, Kamerun) — kamerunlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Biografiyasi
Klubdagi faoliyati Futbolchi Ispaniyaning „Barselona“ yoshlar jamoasida oʻynagan, ammo 2011-yilning yozida jarohat olgan va uzoq vaqt futbolni tark etishga majbur boʻlgan. 2012-yil avgust oyi oxirida u „Karpati“ klubiga oʻtgan. Karpatiga koʻchib oʻtganidan keyin futbolchi asosan ikkinchi tarkibda maydonga tushgan. 2013-yil 13-sentyabrda Ken Lvovning asosiy jamoasi safida debyut qilgan, debyutini u 64-daqiqada „Shaxtyor“ga qarshi kechgan gʻalabali oʻyinda Vadim Strashkevich oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 2013-yil 25-sentyabrda u Lvov uchun 2014-yilgi Ukraina kubogi 1/16 doirasida Sevastopolga qarshi oʻyinda kubok oʻyinida debyut qilgan. Futbolchi urgan gol bilan jamoasi 1/8 qismiga yoʻl olgan. 2014-yil yanvar oyida Ken ijara asosida vengriyaning Kaposvar Rakocsi jamoasiga koʻchib oʻtgan. Uning jamoa bilan shartnomasi iyun oxirigacha beligilangan. 2014-yil 30-iyun kuni Vengriyadagi ijara muddati tugagach, futbolchi „erkin agent“ maqomini olgan va Lvov klubini tark etgan.
2014-yil noyabr oyida futbolchi Nou Sanch jamoasidan Polshaning „Sandetsya“ klubiga oʻtgan. Shartnoma 2015-yil 31-dekabrgacha uzaytirish imkoniyati bilan imzolangan. 2016-yil 18-fevralda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra Sandetsiya bilan shartnomani bekor qilgan va Polsha klubini tark etganArmand Ella odszedł z Sandecji. Ken faoliyatini Janubiy Afrika Premyer-ligasining „Freed State Stars“ klubida davom ettirgan. 2017-yilning mart oyida Ken Ukraina birinchi ligasi klubi Petrovskiy Ingulets bilan shartnoma imzolagan. Jamo tarkibida 2019-yil oxirigacha toʻp surgan va barcha turnirlarda 63 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan, shuningdek, jamoa bilan mamlakat kubogining final bosqichiga chiqqan. 2020-yil boshida futbolchi Oʻzbekistonning „Mashal“ jamoasiga oʻtgan va keyingi yilning mart oyidgacha Oʻzbeksiton Super ligasida harakat qilgan. Oʻzbekiston klubini tark etgach Polshaning Sandetsya Birinchi liga klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil iyul oyida futbolchi Chernovtsining „Bukovyna“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganBukovina podpisala dvux legionerov, u shu yilning oxirigacha jamoada oʻynagan va barcha turnirlarda 17 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib bitta gol urishga muvaffaq boʻlganXavbek Ella pokinul Bukovinu.
Terma jamoadagi faoliyati Ken Kamerun yoshlar terma jamoasi tarkibida 8 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.
Yutuqlari
Ukraina kubogi finalchisi (1): 2018—2019 Ukraina Birinchi ligasining bronza medali sovrindori (1): 2019—2020
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kamerunlik erkak futbolchilar Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari Turkum:FC Karpaty Lviv futbolchilari Turkum:Kaposvári Rákóczi FC futbolchilari Turkum:Sandecja Nowy Sącz futbolchilari Turkum:Free State Stars F.C. futbolchilari Turkum:FC Inhulets Petrove futbolchilari Turkum:FC Inhulets-2 Petrove futbolchilari Turkum:Kamerunlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Polshadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar