Kutaisi xalqaro aeroporti yoki David Binokor nomidagi Kutaisi xalqaro aeroporti — aeroport Gruziyadagi uchinchi yirik shahar va mamlakat gʻarbidagi Imeretiya viloyatining markazi Kutaisidan gʻarbda joylashgan. Bu Gruziya poytaxtiga xizmat koʻrsatuvchi Tbilisi xalqaro aeroporti va Ajariya Qora dengiz kurorti yaqinidagi Batumi xalqaro aeroporti bilan bir qatorda Gruziyadagi uchta xalqaro aeroportdan biridir. Aeroportni United Airports of Georgia davlat kompaniyasi boshqaradiUnited Airports of Georgia company website: http://airports.ge/.

Tarixi Aeroport 2011-yil noyabr oyida rekonstruksiya uchun yopilgan edi. Uning qayta ochilish marosimi 2012-yil 27-sentyabrda boʻlib oʻtdi. Marosimda Gruziya Prezidenti Mixail Saakashvili, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Wizz Air bosh direktori Jozsef Varadi ishtirok etdi.

Kutaisi aeroportining ustuvor yoʻnalishi arzon aviakompaniyalarni jalb qilishdir. 2012-yilda aeroport qayta ochilganidan soʻng yoʻlovchilar sonining sezilarli oʻsishi, asosan, Wizz Airning Kutaisi va Yevropa aeroportlari bilan bogʻlovchi faoliyati tufayli qayd etildi. Aeroportda 2013-yilda 187 939 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. 2016-yil fevral oyida Wizz Air Kutaisi aeroportida yangi bazani eʼlon qildi va 2018-yilda ikkinchi bazani qoʻshishni rejalashtirmoqda.

Aeroport yaqinida Gruziya temir yo‘llari xizmat koʻrsatadigan, Tbilisi, Batumi va Gruziyaning boshqa shaharlari bilan bogʻlaydigan temir yoʻl vokzali qurish rejasi 2018-yilda eʼlon qilingan edi. 2022-yil aprel oyida Kopitnari bekatini modernizatsiya qilish tugallandi. Hozirda Tbilisi-Batumi poyezdlari Kopitnari bekatida ham toʻxtaydi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Statistika

Yoʻlovchilar oqimi Kutaisi xalqaro aeroporti yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi Yil Yoʻlovchilar soni Oʻzgarishi 2022 281.78% 2021 153.6% 2020 78.9% 2019 41.5% 2018 52.4% 2017 49.3% 2016 48.3% 2015 16.1% 2014 16.0% 2013 1,353% 2012 186% 2011 40.3% 2010

Eng gavjum yoʻnalishlar +Top 5 muntazam yoʻnalishlar (2019) Oʻrni Aeroport Yoʻlovchilar soni Aviatashuvchilar 1 Varshava Shopen aeroporti 54 722 Wizz Air 2 Vena xalqaro aeroporti 52 319 3 Berlin Schönefeld aeroporti 50 804 4 Dortmund aeroporti 42 339 5 Katovitse aeroporti 42 081

Yana qarang

Gruziya aeroportlari roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Current weather for UGKO at NOAA/NWS Accident history for KUT at Aviation Safety Network

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Gruziya aeroportlari Turkum:Kutaisi