Olim Mamayunusovich Pardayev (1976-yil 20-may, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori (2017), professor (2021). Biografiyasi Olim Pardayev 1976-yil 20-may Jizzax viloyatida tugʻilgan. 1997-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan. 1997—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi Vatan-LTD auditorlik firmasi Samarqand filiali hisobchisi, 1998—2002-yillarda ushbu filialning yetakchi mutaxassisi, 2002—2008-yillarda Baxmal tumanidagi „Baxmal standart“ xususiy korxonasi rahbari, 2008—2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2009—2012-yillarda menejment va statistika kafedrasi assistenti, 2013—2016-yillarda katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2017—2018-yillarda magistratura boʻlimi boshligʻi vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2018-yildan Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani. 2025-yildan servis fakulteti dekani. Ilmiy faoliyati Olim Pardayev 141 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta uslubiy qoʻllanma, 1 ta uslubiy tavsiya va 1 ta monografiya muallifi. 2017-yilda „Mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni himoya qilib, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Iqtisodiyot fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Dekanlar Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar