„The Kite Runner“ – afgʻon-amerikalik yozuvchi Xolid Husayniyning birinchi romani. 2003-yilda Riverhead Books tomonidan nashr etilgan bu asar Kobulning Vazir Akbar Xon tumanida yashovchi Amir ismli kichkina bola haqida hikoya qiladi. Hikoya Afgʻoniston monarxiyasining qulashi, Sovet istilosi, qochqinlarning Pokiston va Qoʻshma Shtatlarga koʻchib ketishi va Tolibon harakatining kuchayishigacha boʻlgan notinch voqealarni oʻzida aks ettiradi.
Husayniy The Kite Runnerni ota-oʻgʻil oʻrtasidagi munosabatlar hikoyasi deb hisoblab, hikoyaning oilaviy jihatlariga koʻproq urgʻu bergan. U keyingi asarlarida ham ushbu jihatlardan foydalanishda davom etgan. Romanda aybdorlik hissi va najot mavzulari koʻzga tashlanadi, bunda Amirning doʻsti Hasanga nisbatan qilingan jinsiy tajovuz aks ettirilgan. Ammo, Amir buning oldini ololmagan va bu ularning doʻstligiga yakun yasagan. Kitobning ikkinchi yarmida Amirning yigirma yil oʻtib Hasanning oʻgʻlini qutqarib, bu aybini oqlashga urinishlari haqida soʻz boradi.
Ushbu asar qogʻoz muqovada chop etilgandan soʻng, bestsellerga aylangan va kitob dokonlarida ommalashgan. U The New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida ikki yildan koʻproq vaqt davomida yoritib borilgan. Qoʻshma Shtatlarda yetti million nusxadan ortiq sotilgan. Asar haqida fikrlar ijobiy boʻlgan, ammo syujetning ayrim qismlari Afgʻonistonda jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Nashrdan keyin bir qator adaptatsiyalar ham yaratilgan, shu jumladan, 2007-yilda bir xil nomdagi film, bir nechta sahna koʻrinishlari va romanlar yaratilgan. Roman asosida, muallif tomonidan oʻqilgan koʻp diskli audiokitoblar ham ishlab chiqarilgan.
Kompozitsiya va nashr etilishi thumb| Xolid Husayni, 2007- yil Xolid Husayniy "The Kite Runner" asarini nashr etishdan avval bir necha yil Kaliforniyaning Mauntain View shahridagi Kaiser kasalxonasida shifokor-internist sifatida faoliyat yuritgan. 1999-yilda Husayniy xabarlar orqali Tolibon Afgʻonistonda varrak uchirish taqiqlaganidan xabar topgan va bu cheklovni shafqatsizlik deb hisoblagan. Bu uni Kobulda varrak uchirayotgan ikki bola haqida 25 sahifadan iborat qissa yozishga undagan. Husayniy nusxalarini Esquire va The New Yorker nashrlariga topshirgan, ikki jurnal ham buni rad etgan. 2001-yil mart oyida u garajida qoʻlyozmani topib olgan va doʻstining taklifiga binoan uni yangi formatda kengaytira boshlagan. Uning muharriri Sindi Shpigel unga qoʻlyozmasining oxirgi uchdan bir qismini qayta ishlashga yordam bergan.
Husayniyning keyingi romanlarida boʻlgani kabi, The Kite Runner ham koʻp avlod davrini qamrab oladi, shuning uchun ota-onalar va ularning farzandlari oʻrtasidagi munosabatlarga koʻp eʼtibor qaratilgan.
Romanning bosh qahramoni boʻlgan Amir kabi Husayniy ham Afgʻonistonda tugʻilgan va yoshligida mamlakatni tark etgan hamda 2003-yilgacha qaytib kelmagan. Shunday qilib, u kitobning oʻziga bogʻliq avtobiografik jihatlari qanchalik koʻpligi haqida tez-tez soʻroqqa tutilgan. Bunga javoban u shunday deydi: „Bir qismini men oʻzim haqimda desam, odamlar norozi koʻrinadi. Kitobxonlarni oʻylashga undash maqsadida men bir nechta narsalarni noaniq qoldirdim“.
Riverhead Books nashri "The Kite Runner" kitobini 50 000 nusxada chop etishga buyurtma bergan. Asar 2003-yil 29-mayda chiqarilgan, qogʻozli nashri esa bir yildan soʻng chop etilgan. Dastlab, ingliz tilida nashr etilgan "The Kite Runner" asari keyinchalik 38 dan ziyod mamlakatlarda nashr qilish uchun 42 tilga tarjima qilingan. 2013-yilda Riverhead 10 yillik nashrini yangi oltin hoshiyali muqova va Husaynining soʻzboshisi bilan ommaga taqdim etgan. Oʻsha yili, 21-may kuni Xolid Husayniy „ Togʻlar ham sado berdi“ deb nomlangan yana bir kitobini nashr etgan.
Qahramonlari
Bosh qahramon Amir (2007-yilda suratga olingan filmda Amir Qodiriy nomi bilan atalgan, familiyasi kitobda keltirilmagan) romanning bosh qahramoni va hikoyachisi.
Bosh qahramonlar
Hasan – Amirning bolalikdagi eng yaqin doʻsti. Baba – Amirning otasi va badavlat tadbirkor. Ali – Babaning xizmatkori, Hasanning otasi deb hisoblangan hazora. Rahimxon – Babaning sodiq doʻsti va biznes sherigi. Soraya – yosh afgʻon ayol, Amirning turmush oʻrtogʻi Sohrab – Hasanning oʻgʻli.
Antagonistlar Assef romanning asosiy antagonistidir. Uning otasi pushtun, onasi esa nemis boʻlib, pushtunlarning hazoralardan ustun ekanligiga ishonardi.
Ikkinchi darajali qahramonlar
Sanubar – Alining xotini hamda Hasanning onasi. Farid – taksi haydovchisi. General Taheri – Afgʻoniston armiyasining sobiq harbiy generali, Sorayaning otasi. Xala Jamila Taheri – Sorayaning onasi boʻlib, Amir Sorayaga uylanganidan keyin Amirga mehr qoʻyadi. Farzona – Hasanning xotini. Hasan bilan birga Tolibon harakati tomonidan oʻldirilgan. Sofiya Akrami – Amirning onasi. Karim – kontrabandachi. Vohid – Faridning ukasi. Zaman – Kobuldagi bolalar uyining direktori. Umar Faysal – advokat.
Tanqidiy qabul thumb| Birinchi xonim Laura Bush Xolid Husayniy bilan (birinchi va ikkinchi chapda); Bush The Kite Runner filmini „haqiqatan ham ajoyib“ deb maqtadi. Nashr etilganidan soʻng dastlabki ikki yil ichida "The Kite Runner" ning 70 000 dan ortiq qattiq muqovali nusxalari va 1 250 000 dan ortiq qogʻozli nusxalari sotilgan. Asar 2004-yil sentyabrda eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatlarida paydo boʻla boshlagan. 2005-yil mart oyida The New York Timesning eng koʻp sotilgan asari hisoblangan va ikki yil davomida roʻyxatdagi oʻrnini saqlab qolgan. 2013-yilda Xolid Husayniyning uchinchi romani nashr etilishi bilan Qoʻshma Shtatlarda yetti milliondan ortiq nusxada sotilgan. Kitob 2004-yilda Janubiy Afrikaning Boeke mukofotiga sazovor boʻlgan.
Bahslar Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasining xabar berishicha, "The Kite Runner" 2008-yildagi eng qiyin kitoblaridan biri hisoblanib, „tahqirlovchi tili, shahvoniy mazmundagi tarkibi“ tufayli uni kutubxonalardan olib tashlashga bir necha bor urinib koʻrishgan. Afgʻonistonlik va amerikalik kitobxonlar tomonidan, ayniqsa, asarda pashtunlarni zolim, hazoralarni esa mazlum sifatida koʻrsatilgani juda koʻp tanqid qilingan. Yana qarang
Ming quyosh shu’lasi (Husayniyning ikkinchi romani)
Manbalar
Havolalar
Muallif Xolid Husayniyning rasmiy sayti Xolid Husayniy BBC Jahon kitob klubida "Kit uchuvchi"ni muhokama qilmoqda Bollivud haqida gaplashaylik romanidagi maqola Iqtiboslar: ereader.com saytidagi iqtibos . Litstudies.org dagi koʻchirma today.com da
Turkum:Afgʻon adabiyoti Turkum:2003-yil romanlari Turkum:Romanlar