Alisher Toʻychiyev () – oʻzbek millatiga mansub tojikistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.
Klub faoliyati Futbolni Spitamen shahrining bolalar maktabi („Rodnik“ stadioni uchastkasi) jamoasida boshlagan, keyinchalik „Avtomobilist“ jamoasida toʻp tepgan. 1995-yilgi mavsum avvalida, „Avtomobilist“ jamoasining bir guruh futbolchilari va klub yordamchi murabbiyi Dostonbek Mamirov bilan birgalikda Proletarskdan (Jabbor-Rasulovskiy tumani) „Paxtakor“ jamoasi safiga koʻchib oʻtgan. Mehrbodning „Paxtakor“ jamoasi safida 1995-yilda Tojikiston kubogini qoʻlga kiritgan.
Professional futboldagi debyutini 1996-yilgi mavsum Oʻzbekistonning „Yangiyer“ klubida oʻtkazgan. Keyinchalik faoliyati davomida „Nasaf“, „Guliston“, „Mashʼal“ va Oʻzbekiston birinchi ligasi klublarida toʻp surgan. 2007-yilni Tojikistonning Bobojon-Gʻofurovning „Parvoz“ jamoasi tarkibida oʻtkazgan. Keyingi yili esa Oʻzbekistonga qaytagn va Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. 2010-yilda esa „Vaxsh“ klubi tarkibida oʻynagan.
2011-yilgi mavsumda „Istiqlol“ klubi tarkibida oʻynagan. Istiqlol jamoasi bilan birgalikda Tojikiston chempioni va kubogi sohibi, shuningdek , OFK Prezidenti kubogi sohibi boʻlgan. Bir necha bor, jumladan, 2013-yilda Tojikistonning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olingan. 2016-yilgi mavsum „Xoʻjand“ klubida oʻynagan va faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati Alisher 2008-yilda Tojikiston terma jamoasi safida debyut qilgan, terma jamoa tarkibida 30 dan ortiq oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yildan boshlab terma jamoa sardori. 2016-yilning 24-martida Avstraliyaga qarshi safar oʻyinida 7 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Oila Katta akasi Bahodir (1973-yil tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan, Tojikiston va Oʻzbekiston klublarida oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:8-martda tugʻilganlar Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tojikistonda tugʻilganlar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor Proletarsk klubi futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:FK Parvoz futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari