The Bukharian Times — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Buxoro yahudiy jamiyatining haftalik obuna gazetasi.

Gazeta 1996-yilda jamoat arbobi, Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning faoliyati dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekiston va Tojikistonda xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan. Gazeta bosh ofisi Nyu-York shtati (AQSh) Queens shahrining Forest Hills tumanidagi Buxoro yahudiylari kongressining bosh binosida joylashgan. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi buxorolik yahudiylar jamoasining asosiy qismi Kvinsda istiqomat qiladi. Buxorolik yahudiylarning aksariyati 1980-yillarning boshidan AQShga ko‘chib kelgan. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida ularning AQSh, Isroil va boshqa mamlakatlarga oqimi keskin oshdi .

Tavsifi Materialning asosiy qismi rus tilida nashr etiladi. Shuningdek, yahudiy, tojik, oʻzbek va ingliz tillarida alohida rukn va boʻlimlar mavjud. „The Bukharian Times“ gazetasi Buxoro yahudiylarning avlodlari orasida tobora kamayib borayotgan yahudiylarning ona tilida: yahudiy hamda tojik tilida materiallar chop etuvchi dunyodagi kamyob gazetalardan biri. Gazeta mavzusi universaldir. Iqtisodiyot, siyosat, tarix, din, tillar, madaniyat va boshqa sohalarga oid materiallar va yangiliklarni nashr etadi. Tahririyatda 20 ga yaqin odam ishlaydi, ularning aksariyati ilmiy darajaga ega. Bosh muharrir hozirda asli samarqandlik Rafael Nektalovdir. The Bukharian Times gazetasining umumiy tiraji 2016-yil yanvar holatiga koʻra 10 000 tani tashkil qilgan. Gazeta nafaqat buxorolik yahudiylar jamoasi, balki sobiq SSSRdan kelgan boshqa rusiyzabon muhojirlar orasida ham mashhur.

Manbalar

Havolalar Gazetaning rasmiy sayti: bukhariantimes.org „Amerika Ovozi“ Oʻzbek xizmatining The Bukharian Times gazetasidagi reportaji (2016-yil yanvar) Samarqand haqida Bukharian Times Bukharian Times mehmonlarni kutib oladi Bukharian Times ASIA-ISRAEL jahon portalida Turkum:Gazetalar