Buxoro amiri () — 1785—1920-yillarda Buxoro amirligidagi oliy davlat lavozimi.

Buxoro amirligida amir unvoni oʻzbeklarning mangʻit urug‘i sulolasi hukmdorlariga berilgan.

Amir cheksiz hokimiyatga ega bo‘lib, mamlakatni shariat (musulmonlarning maʼnaviy-axloqiy kodeksi) asosida boshqargan.

1866—1868 va 1870-yillardagi Buxoro yurishlarida rus qoʻshinlarining qoʻlga kiritgan gʻalabalari taʼsirida tuzilgan shartnomalarga ko‘ra Buxoro amiri (1868-yilgi Rossiya-Buxoro va 1873-yildagi Shaar bitimlariga) Rossiy imperiyasiga qaramligini tan oldi. Keyinchalik Buxoro amirlari qaramlikka qaramay, mutlaq monarxlar sifatida oʻz davlatlarining ichki ishlarini boshqarganlar.

Rossiyada 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan keyin amir Buxoro hokimiyatini maʼlum muddat ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi.

1920-yil sentyabrda Buxoroning Qizil Armiya tomonidan bosib olinishi natijasida Buxoroning soʻnggi amiri Olimxon amirlikning sharqiy tomoniga, soʻngra Afgʻoniston amirligiga qochib ketadi. Afgʻonistondan boshpana olib, Markaziy Osiyoda Sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib bordi.

Tarix Oʻzbek mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon (1753-1758) Buxoro xonligini 1747-yildan boshlab otaliq unvoni bilan boshqargan, 1753-yilda esa zodagonlar va ruhoniylarning roziligini olib, amir unvoni bilan Buxoro taxtiga oʻtirgan. Mangʻitlar chingiziylar boʻlmaganiga qaramay, 1756-yilda Muhammad Rahim oʻzini xon deb eʼlon qildi. Hukmronligining boshidan Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi. Muhammad Rahimxon vafot etgach, hokimiyat otalik unvoni bilan kifoyalangan amakisi Doniyolbiyga (1758-1785) o‘tadi. 1785-yilda Doniyolbiy vafotidan keyin taxt Shohmurodga (1785-1800) qoladi.

Kamtarona turmush tarzi uchun xalq uni amir Maʼsum deb atagan, bu gunohsiz amir degan maʼnoni bildirganAnke fon Kyugelgen, Legitimizatsiya sredneaziatskoy dinastii mangitov v proizvedeniyax ix istorikov (XVIII—XIX vv.). Almati: Dayk press, 2004. Shohmurod amir unvonini qoʻgʻirchoq xon Abulgʻozixon vafotidan keyin egallagan. Keyinchalik Buxoro amirlari soxta xonlarni taxtga ko‘tarmaganlar. Sulolaning oxirgi amiri Said Olimxon (1910-1920).

Turar joylar Sarlavha Ism Hukmdorlik yillari Otaliq Muhammad Rahim 1747-1753 yillar Amir Muhammad Rahim 1753-1756 yillar Xon Muhammad Rahim 1756-1758 yillar Atalik Doniyolbiy 1758-1785 yillar Amir Maʼsum Shohmurod 1785-1800 yillar Amir Haydar Tura ibn Shohmurod 1800-1826 yillar Amir Husayn ibn Haydar Tura 1826-1827 yillar Amir Umar ibn Haydar Tura 1827Amir Nasrulloh ibn Haydar Tura</br> 1827-1860 yillar Amir Muzaffaruddin ibn Nasrulloh 1860-1886 yillar Amir Abdulahad ibn Muzaffaruddin 1886-1910 yillar Amir Muhammad Olimxon ibn Abdulahad 1910-1920 yillar

Turar joylar Buxoro davlati (Buxoro amirligi) amirlarining asosiy qarorgohi buxorodagi Ark qal’asi bo‘lgan. Bundan tashqari, buxoroning o‘sha paytdagi hududidan bir necha kilometr shimolda joylashgan Sitorai Moxi-xossa amirlarga yozgi turar-joy sifatida xizmat qilgan. 1868-yilda Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirlari vaqti-vaqti bilan Ko‘ksaroy saroyida, Samarqand qo‘rg‘onida mehmon bo‘lib turishgan. Buxoro amirlarining ham amirlikning shimolidagi Karman shahrida kichik qarorgohi bo‘lgan. Shuningdek, amirlik beklari va viloyatlari markazlaridagi saroylar amirlarning qarorgohlari hisoblansada, aslida ularda viloyat beklari yashagan. Faqat oxirgi amir Seyid Olimxon Buxorodan qochganidan so‘ng, amirlikning chekka sharqidagi Hisor qal’asida qisqa muddat istiqomat qilgan.

Buxoro amirlarining amirlikdan tashqari Yaltada (Buxoro amirining Yalta saroyi), Jeleznovodskda (Buxoro amirining Jeleznovodsk saroyi), Sankt-Peterburgda (Buxoro amirining uyi) saroylari va qarorgohlari bo‘lgan.

Manbalar

Havolalar

Buyuk rus entsiklopediyasi

Turkum:Mangʻitlar Turkum:Buxoro amirligi hukmdorlari Turkum:Buxoro amirligining davlat lavozimlari