Nodir Muhammad devonbegi (; 1568-yil, Buxoro, Buxoro xonligi – 1644-yil, Makka Usmonli imperiyasi) – buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarning Orlot urugʻidan boʻlgan moliya vaziri.
Biografiyasi Nodir Muhammad 1568-yil Buxoroda tugʻilgan. Nodir Muhammad ona tomondan ashtarxoniylar xoni Imomqulixonning amakisi boʻlib, devonbegi – moliya vaziri lavozimini egallagan, shuning uchun uni baʼzan Nodir devonbegi togʻay deb ham atashgan. Amalda u xonning vaziri sifatida faoliyat olib borgan. Nodir devonbegi oʻzbeklarning Orlot qabilasidan boʻlib, 1632—1633-yillarda Samarqand viloyati hokimi boʻlganZiyaev A., „Silsilat as-salatin“ kak istoricheskiy istochnik. T., 1990, s.56.
Binolari 1619—1620-yillarda Nodir devonbegi oʻz hisobidan Buxoroda xonaqoh qurdirgan. Roʻparasida Nodir devonbegi madrasasi oʻrin egalladi. Bu tarixiy yodgorliklar Labihouz ansamblining bir parchasidir.
1622—1623-yillarda Nodir devonbegi Buxoroda karvonsaroy sifatida monumental bino qurdirgan, keyin esa u Nodir Devonbegi madrasasiga aylantirilganhttp://www.vostlit.info/Texts/rus11/Munschi_Yusuf/framepred.htm Munshi M. Yu. Mukim-xanskaya istoriya – Tashkent: AN UzSSR, 1956.
Nodir devonbegi 1632-yilda Samarqanddagi Xoja Ahror mozori yonida katta madrasa qurdirgan. Madrasa qurulishida xonaqoh uchun foydalaniladigan meʼmoriy uslubdan foydalanilgan. Muassasa qurilishi 1635—1636-yillarda tugallangan. Shuningdek, Samarqand masjidi ham qurilgan.250px|right|Nodir devonbegi madrasasi
Oʻlimi Imomqulixon umrining soʻnggi yillarida, yaʼni 1642-yilda ukasi Nodir Muhammad (1642—1645) foydasiga taxtdan voz kechdi va hajga boradi. Nodir devonbegi Imomqulixonga safarda hamrohlik qildi. Imomqulixon 1644-yilda Makkada vafot etib, Madinada dafn etilgan. Nodir Muhammad devonbegi 1644-yil Makkada vafot etgan va jiyani yoniga dafn etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Istoriya Uzbekskoy SSR / Otv. red. Ya. G. Gulyamov – Tashkent, 1967. – T. 1. Istoriya Uzbekistana – 1993. – T. 3. Ziyaev A. X. „Silsilat as-salotin“ kak istoricheskiy istochnik. Rukopis dissertatsii na soiskanie uchenoy stepeni kandidata istoricheskix nauk. – Tashkent, 1990. Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Buxoro xonligi Turkum:1644-yilda vafot etganlar Turkum:1568-yilda tugʻilganlar Turkum:Buxoro